Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati
1. Xizmat nomi
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotni sertifikatlash
2. Xizmat natijasi
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiloti sertifikatini berish
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da (O’zR AQ-145) o‘rnatilgan.
3. Xizmat uchun blank (shakl)
4. Huquqiy asoslar
- O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 371-modda
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-sonli “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlangan.
5. Xizmatdan foydalanuvchilar
Xizmatdan foydalanuvchilar yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs (tashkilot) kuybdagilar sifatida ishlarni olib borishi mumkin:
- havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish asosiy ish faoliyati bo‘lgan, mustaqil tashkilot;
- havo kemasining ekspluatantning kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linma, aviakompaniya, aeroport, asosiy ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajargan havo kemalarini ishlab chiqarish yoki ta’mirlash zavodi.
6. Ijro muddati
“Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi (O’zR AQ-145)”ga muvofiq arizani ko‘rib chiqish muddati 2 (ikki) oyni tashkil etadi. Arizaning amal qilish muddati 3 (uch) oy.
7. Ma’lumotlarning tarkibi va hajmi
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni murojaat qilgan har qanday shaxsga taqdim etish, shu jumladan “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz zarur bo‘lgan hujjatlarni yuklab olish imkoniyati bilan.
8. Ma’lumotlarni keng taqdim etish
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz amalga oshiriladi.
9. So’rovga asosan ma’lumotlarni taqdim etish
- Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni og’zaki ravishda 9-00 dan 18-00 gacha taqdim etishi: 78-120-00-62 yoki 78-120-00-63 sonli telefon raqamlari orqali;
- Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz 71-254-14-82 sonli faks raqami orqali qabul qilish, yozma ravishdagi so’rovnomalarni 9-00 dan 18-00 gacha “O‘zaviatsiya” agentlikning devonxonasi orqali qabul qilish va berish;
- Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz qabul qilish: caa@uzcaa.uz yoki technique@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali.
10. Foydalaniladigan xujjatlar blankalari (shakllari)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-sonli “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da Havo kemalariga texnik xizmat kursatish tashkiloti sertifikati va arizaning blankalari belgilangan.
11. Zarur bo‘lgan xujjatlar
- Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilot sertifikatini olish uchun Ariza;
- Tashkilot faoliyati bo‘yicha qo‘llanma;
- Tashkilot sifati bo‘yicha qo‘llanma.
12. Pullik xizmatlar
Xizmat bepul
13. Davlat xizmati ko‘rsatish bosqichlari
“O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytida www.uzcaa.uz bosqichma-bosqich “Bosh sahifa - Normativ-huquqiy aktlar - O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviaciyasi normativ-xuquqiy aktlar – 7- bo‘lim- O‘zR AQ-145” "Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi" nizomi”ga bosing.
Nizomda quyidagi bosqichlari belgilangan:
- ro‘yxat bo‘yicha xujjatlarni qabul qilish (“Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”ga (АП РУз-145) 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan ariza va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikatini berish uchun zarur bo‘lgan ilova qilinadigan hujjatlar to‘plamini ularni olingani to‘g‘risidagi bildirish xati orqali Arizachiga taqdim etish bilan birga).
- “O‘zaviatsiya” agentlikning devonxonasida arizani ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun uni HKUYaB berish;
- arizani dastlabgi baholash va ariza rad etishi to‘g‘risida arizachini yozma ravishda xabardor qilish;
- asoslovchi xujjatlarni ekrpertiza qilish va aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida agar mavjud bo‘lsa arizachini yozma ravishda xabardor qilish;
- arizachidan aniqlangan kamchiliklarning bartaraf qilganligi to‘grisida xujjatlarni qabul qilish, ular bartaraf qilganligini tekshirish;
- tasdiqlangan “Xavo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotni tekshiruv dasturi”ga muvofiq, Arizachi Nizomiga 2-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiqligiga inspektsiya tekshiruvni o‘tkazish;
- inspeksiya tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatilgan holda hisobotni rasmiylashtirish;
- tekshirish paytida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf qilish bo‘yicha arizachidan xujjatlarni va tadbirlar rejasini qabul qilish;
- inspeksiya tekshirish natijalari bo‘yicha sertifikatni berishni yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bilan xulosani rasmiylashtirish.
14. Rad etish asoslari
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkilotiga sertifikatni berishni rad etilish asoslari quyidagi holatlarda bo‘lishi mumkin:
- agar arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Nizom talablariga javob bermasa yoki noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoki zarur bo‘lgan xujjatlarning butun to‘plami arizaga ilova qilinmagan bo‘lsa;
- asoslovchi xujjatlar to‘plamini baholashda va ekspertiza paytida aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqligini Arizachi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilmaganda;
- agar Arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmasa.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.11.2021 10:22:48
Chop etiladigan nusxasi