Yil yakuni bo'yicha tahliliy hisobot
2023 yil davomida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijadorligi hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida
M A ʼ L U M O T
- 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar
O‘zbekiston Respublikasida 14 ta aviakompaniya (2022 yil 9 ta), 11 ta aerodrom (Andijon aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari ketmoqda) (2022 yil 12 ta), 2 ta qo‘nish maydonchalari (Zomin va So‘x), 3 ta O‘quv-mashq markazi (2022 yil 2 ta), 6 ta havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 3 ta fuqaro aviatsiyasi havo kemalarini taʼmirlash korxonalari faoliyat olib bormoqda.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida quyidagilar amalga oshirildi, jumladan:
- Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish ustidan doimiy monitoring mexanizmi doirasida 2023 yilning 17 - 29 may kunlari navbatdagi Audit tekshiruvi 8 yo‘nalish buyicha o‘tkazildi va ijobiy natijaga erishildi (umumiy ko‘rsatgich 62.57 %).
- 25ta sertifikatsiya tekshiruvi o‘tkazilib, shundan fuqaro aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan aerodromlarda 9 ta sertifikatsiya tekshiruvi amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur sertifikatsiya tekshiruvlarida 135 ta kamchilik aniqlanib, ular yuzasidan 5 ta inspektorlik taqdimnomalari kiritilgan, ekspluatantlar (aviakompaniya) 8 ta sertifikatsiya tekshiruvi o‘tkazilib, 1 ta “O‘zaeronavigatsiya” DUK o‘quv-mashg‘ulotlar markazi, 6 ta yangi aviakompaniyalar (“My Freighter” MCHJ, “Tashkent Air” MCHJ, “SILK AVIA” MCHJ, “AZIA Union Airlines” MCHJ, “Uz Aero Tech Group” MCHJ, “Sharq Avia” MCHJ)ga ekspluatant sertifikati berildi va 1 ta aviakompaniya (“Uzbekistan Heleсopters” MCHJ) eksplutant sertifikati uzaytirildi, tekshiruv davrida jami 110 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib, parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan, texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarida ham 4 ta sertifikatsiya tekshiruvi o‘tkazilib, 74 ta kamchilik aniqlanib, 3 ta texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati rasmiylashtirilgan, tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va doimiy nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
- 24ta inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan, 8 ta fuqaro aviatsiyasi ekspluatantlarida (aviakompaniya), 6 ta texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotida va 10 ta uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish yo‘nalishidagi tashkilotda inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan. Inspeksiya tadbirlari jarayonida jami 86 ta kamchilik aniqlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va nazoratga olingan.
- 12ta fuqaro aviatsiyasi obyektlarida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha sifat nazorati tekshiruvi o‘tkazilgan, aeroportlarda aviatsiya xavfsizligi tizimlarida 65 ta nomuvofiqliklar aniqlangan hamda tekshiruv yakuni bo‘yicha tegishli hisobotlar tayyorlangan va fuqaro aviatsiyasi obyekti rahbarlariga kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuborilgan. Rejadan tashqari “Mo‘ynoq” va “Zarafshon” aerodromlarida 2 ta inspeksiya tadbirlari o‘tkazildi, natijada 37 ta nomuvofiqlik aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.
- 5ta aviakompaniyada marshrutlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilib parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.
- IKAO standartiga muvofiq fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar havo kemalari ekspluatantlarida inspeksiya 24ta perronda tekshiruvi o‘tkazilgan (“Salam Air”, “Air Arabia Abu Dhabi”, “Azimut”, “WizzAir Abu Dhabi”, “China Southern”, “Zhejiang Loong Airlines”, “Ut Air”, “FlyNas”, “Georgian airlines”, “Red Sea”, “Fly Egypt”, “MNG”, “Jazeera”, “Aero Nomad”, “Fly Dubai”, “Zagros”, “Air Cairo”, “Asiana”, “Aerologic”, “Heston”, “GetJet”, “Smartlynx”, “Korean”, “Nile Air”).
- O‘zbekiston Respublikasiga Muntazam aviaqotnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 6ta Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Shuningdek, muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun 16 ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, amaldagi ekspluatatsion ruxsatnomalariga 7 ta yangi yo‘nalishlar va 140 ta yangi havo kemalari kiritildi.
- Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun hisobot davrida “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) umumiy hisobda 4974 ta so‘rovnoma kelib tushgan va 3 791 ta tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
- Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib va xizmat ko‘rsatuvchilar) 433ta guvohnomalar, 388 ta malaka belgi va toifalar, 201 nafar aviaxodimlari guvohnomalariga ingliz tili/SPL/ATPL qo‘shimcha varaqalari berildi, 31 ta guvohnomalar almashtirildi va 607 ta guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirildi.
- 19ta havo kemalarini davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomalari, 82 ta havo kemalariga uchishga yaroqlilik sertifikatlari, 14 ta shovqinlar bo‘yicha sertifikatlari, 19 ta radio jihozlar bo‘yicha sertifikatlari berildi.
- 1510ta yangi qurilayotgan obyektlarni balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi va umumiy hisobda 115 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilgan.
- II.Sohadagi asosiy ko‘rsatkichlar bajarilishi va yil yakuni bilan kutilishi
Ekspulatant sertifikatini olish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligiga murojaat qilgan nomzod “SAM AIR” kompaniyasida joriy yilning 18-22 dekabr kunlari sertifikatsiya tadbirini o‘tkazish. Sertifikatsiya natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida aviakompaniyalarning soni 14 tadan 15 taga ko‘payishi kutilmoqda.
III. Soha faoliyatini raqamlashtirish.
Fuqaro aviatsiya agentligida 2023 yil uchun «Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy yetish va rivojlantirish buyicha» chora tadbirlar rejasini ishlab chiqildi va tasdiklandi.
“O‘zaviatsiya” agentligida 2023-yil uchun axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqildi, «Kiberxavfsizlik markazi» DUK bilan kelishish tarzda tasdiqlandi.
«Kiberxavfsizlik markazi» DUK bilan kelishish tarzda O‘zbekistonga bir martalik (charter) parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovnomalarni taqdim etish va ruxsatnomalar berish yangi tizimini texnik topishiriq ishlab chiqildi. Texnik topishiriq asosida «Bir martalik parvozlarga ruxsat berish» axborot tizimi yaratildi va ishga tushirildi.
Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari va ishlab chiquvchi bilan birgalikda kibertahdidlarga qarshilik darajasi oshishini hisobga olgan holda rasmiy veb-sayt platformasini yangilash bo‘yicha ishlar olib borildi.
IKAO xalqaro auditiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Agentlik mutaxassislari uchun qo‘shimcha orgtexnika va kompyuterlarni xarid qilish va ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
- 2024 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar
- Joriy yilda o‘tkazilgan IKAO auditi natijalariga ko‘ra 8 yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklarni (umumiy hisobda 252 nomuvofiqlik) bartaraf qilish maqsadida chora-tadbirlar Rejasini sifatli ishlab chiqish va o‘z vaqtida IKAO ni bu xaqda xabardor qilish.
- “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini taʼminlash bo‘yicha
Mazkur Qonunning ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida 2023 yil xisobot davrida fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2023 yil “O‘zaviatsiya” agentligiga 76 ta murojaat kelib tushgani aniqlandi.
Shulardan:
- 36 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
- 4 tasi elektron pochta orqali;
- 29 tasi yozma pochta orqali;
- 6 tasi rasmiy veb-sayt kelib tushgan.
Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 10.06.2024 15:16:00
Chop etiladigan nusxasi