IKAO
1992-yil 3-iyul O‘zbekiston Parlamenti xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani (03.07.1992-yildagi 666-XII-son Oliy Kengash qarori) ratifikatsiya qildi va 1992-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ga tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda to‘liq a’zo bo‘ldi. 1992-yil 3-iyul O‘zbekiston Parlamenti xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani (03.07.1992-yildagi 666-XII-son Oliy Kengash qarori) ratifikatsiya qildi va 1992-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ga tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda to‘liq a’zo bo‘ldi. IKAOning asosiy vazifalaridan biri jahon fuqaro aviatsiyasida yagona dastur bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishdir. Bunday standartlar hozirda Chikago Konvensiyasida 19 Ilovalarida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari va respublika fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar IKAO xalqaro standartlari asosida qabul qilingan. Agentlik IKAOdan zamon talablarini hisobga olgan holda yangi qabul qilingan yoki mavjud xalqaro standartlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yangi havo yo‘llarini ro‘yxatga olish va ularni IKAO ramzlarini olish bo‘yicha IKAO bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda.
IKAO mintaqaviy Yevropa byurosi (O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan IKAO mintaqaviy vakolatxonasi) tomonidan tuzilgan bir qator seminar va amaliyotlarda agentlik vakillari, "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ, AO "O‘zbekiston aeroportlari" va "O‘zaeronavigatsiya" markazi vakillari doimiy ravishda ishtirok etib kelmoqdalar.
Agentlik parvoz xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash borasida IKAO o‘tkazib kelayotgan tadbirlarda hamkorlik qilib qatnashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi IKAO doirasida parvoz xavfsizligini nazorat qilishni tashkil etish davlatlaridagi tekshirishlarni o‘tkazish bo‘yicha IKAO Umumjahon dasturida, shuningdek, davlatlarda aviatsiya xavfsizligi sohasida tekshirishlar o‘tkazish bo‘yicha IKAO Umumjahon dasturida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi va IKAO o‘rtasida quyidagi memorandumlar imzolandi: O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) o‘rtasida parvoz xavfsizligini nazorat qilish tashkilotining Umumjahon audit dasturi doirasida doimiy monitoring mexanizmi haqida o‘zaro anglashuv memorandumi; Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida tashkilotning aviatsiya xavfsizligi sohasidagi Umumjahon audit dasturi doirasida uzluksiz monitoring mexanizmi to‘g‘risida memorandumi. Agentlik respublika fuqaro aviatsiyasi vakillariga IKAO va Singapur fuqaro aviatsiyasi Akademiyasining qo‘shma o‘quv dasturi, IKAO-Koreyaning rivojlanayotgan mamlakatlardan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturi o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun zarur yordam ko‘rsatib kelmoqda.
- Konvensiyalar va tegishli aktlar
- Shartnoma va kelishuvlar
- IKAO qoidalar tartibi va ma’muriy nizomlari
- Konvensiya Ilovalari (ANNEX)
- Navigatsiya xizmatlari qoidalari
- Assambleya
- Kengash (materiallar, tadbirlar, hisobotlar, nashrlar)
- Navigatsiya
- Havo transporti
- Huquq
2022 y. 1 aprelga Agentlik ihtiyoridagi IKAO xujjatlar katalogi.(Qiskartirilgan ko'rinishi)
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.08.2022 11:05:45
Chop etiladigan nusxasi