Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash

1. Xizmat turi

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash.

2. Xizmat natijasi

Davavianazorat xorijiy davlatni tayinlangan tashuvchi to‘g‘risida xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xat yuboradi. Tayinlashni berish rad etilgan taqdirda Davavianazorat ariza beruvchiga asoslangan javobni jo‘natadi.

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 dekabrdagi 144-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq o‘rnatiladi.

3. Xizmat uchun blank (shakl)

Shaklni yuklab olish

4. Huquqiy asoslar

1. Havo kodeksining 74 moddasi.
2. Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 dekabrdagi 144-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.

5. Xizmatni oluvchilar

Xizmatni oluvchi fuqaro aviatsiyasi ekspluatanti sertifikatiga ega bo‘lgan aviatashuvchi bo‘lishi mumkin.

6. Bajarilish muddati

Ariza ro‘yxatdan o‘tgandan boshlab to muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlashgacha bo‘lgan vaqt -20 ish kuni.

7. Ma’lumot tarkibi va hajmi

Murojaat qilgan har bir aviatashuvchiga muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi haqidagi ma’lumot berish, shu bilan birga agentlik saytidan - www.uzcaa.uz kerakli ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati kafolatlanadi.

8. Keng qamrovli ma’lumot

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi haqidagi ma’lumot taqdim qilish agentlik veb-sayti - www.uzcaa.uz orqali amalga oshiriladi.

9. Rasmiy so‘rov berish bo‘yicha ma’lumot

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi haqidagi og‘zaki ma’lumot 9-00 dan 18-00 gacha 78 120-00-68 telefoni orqali; faks bo‘yicha 71 254-14-82 orqali kun davomida qabul qilinadi; yozma ravishda rasmiy so‘rov qabul qilish, rasmiy so‘rov bo‘yicha yozma hujjatlarni qabul qilish va berish soat 9-00 dan 18-00 gacha agentlik devonxonasida amalga oshiriladi. Yozma rasmiy so‘rov opd@uzcaa.uz yoki caa@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali kun davomida qabul qilinadi.

10. Hujjatlardagi foydalaniladigan blanklar (shakllar)

Ariza O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 dekabrdagi 144-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”da belgilangan.

11. Zarur hujjatlar

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashuvchi “Uzaviatsiya” agentligiga mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:

  • ekspluatant sertifikati nusxasi ilovalari bilan;
  • havo kemasiga va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligiga sug‘urta polislari nusxalari;

12. Xizmat to‘lovlari

Xizmat bepul

13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlari

Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:

agentlik saytida www.uzcaa.uz ketma-ketlikda «5 bosh blok – normativ-huquqiy aktlar»ni, so‘ngra 19 O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009 yil 28 dekabrdagi 144-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” chaqirasiz.

  1. Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tashuvchi “O‘zaviatsiya” agentligiga ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
    ekspluatant sertifikati nusxasi ilovalari bilan;
    havo kemasiga va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligiga sug‘urta polislari nusxalari;
  2. “O‘zaviatsiya” agentligi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ularning ishonchliligini tekshiradi, shuningdek tayinlashni maqsadga muvofiqligi yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishadi.
    O‘zbekiston Respublikasining asosiy tashuvchisi foydalanayotgan yo‘nalishlarda boshqa tashuvchilarning xalqaro parvozlarni bajarishi shu tashuvchi bilan oldindan kelishilgandan so‘ng
  3. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
    Tayinlash to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda “O‘zaviatsiya” agentligi xorijiy davlatni tayinlangan tashuvchi to‘g‘risida xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xat yuboradi. Tayinlashni berish rad etilgan taqdirda Davavianazorat ariza beruvchiga asoslangan javobni jo‘natadi.
    Tayinlashning har bir bochqichi ijobiy natija bersagina, keyingi bosqichga o‘tilishi kerak.

14. Rad etish asoslari

“Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga rioya qilmaslik Muntazam xalqaro parvozlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashuvchilarini tayinlashda rad etishga asos bo‘ladi.

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 21.12.2021 15:10:49

Chop etiladigan nusxasi