Fuqaro aviatsiyasi tibbiy-uchish ekspert komissiya guvohnomasini berish
1. Xizmat turi
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining TUEK guvohnomasi
2. Xizmat natijasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining TUEK guvohnomasini berish (bundan buyon matnda TUEK guvohnomasi)
TUEK guvohnomasi berish tartibi Davavianazorat boshlig‘ining № 167 son 2007 yil 15 noyabrdagi buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom" talablariga muvofiq o‘rnatilgan.
3. Xizmat uchun blank (shakl)
4. Huquqiy asoslar
-
Havo kodeksining 49 moddasi
-
Davavianazorat boshlig‘ining № 167 son 2007 yil 15 noyabrdagi buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.
5. Xizmatni oluvchilar
Xizmatni oluvchi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonasida tashkil etilayotgan tibbiy-uchish ekspert komissiyasi bo‘lishi mumkin.
6. Bajarilish muddati
Ariza ro‘yxatdan o‘tgandan boshlab to TUEK guvohnomasini berishgacha bo‘lgan vaqt -20 ish kuni.
7. Maʼlumot tarkibi va hajmi
Murojaat qilgan har bir shaxsga TUEK guvohnomasini berish tartibi haqidagi maʼlumot berish, shu bilan birga agentlik saytidan - www.uzcaa.uz. kerakli maʼlumotlarni tortib olish imkoniyati kafolatlanadi
8. Keng qamrovli maʼlumot
TUEK guvohnomasini berish tartibi haqidagi maʼlumot taqdim qilish agentlik veb-sayti - www.uzcaa.uz. orqali amalga oshiriladi.
9. Rasmiy so‘roq berish bo‘yicha maʼlumot
TUEK guvohnomasini berish tartibi haqidagi og‘zaki maʼlumot 9-00 dan 17-00 gacha (71) 254-62-94 telefoni orqali; faks bo‘yicha (71) 255-53-37 orqali sutka davomida qabul qilinadi; yozma ravishda rasmiy so‘roq qabul qilish, rasmiy so‘roq bo‘yicha yozma hujjatlarni qabul qilish va berish soat 9-00 dan 18-00 gacha agentlik devonxonasida amalga oshiriladi. Yozma rasmiy so‘roq medik@uzcaa.uz yoki caa@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali sutka davomida qabul qilinadi.
10. Hujjatlardagi foydalaniladigan blanklar (shakllar)
Ariza va TUEK guvohnomasini shakllari Davavianazorat boshlig‘ining № 167 son 2007 yil 15 noyabrdagi buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom»da belgilangan.
11. Zarur hujjatlar
“Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq hujjatlar to‘plami bilan TUEK guvohnomasini olish uchun ariza.
12. Xizmat to‘lovlari.
Xizmat bepul
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlari
Agentlik saytida www.uzcaa.uz ketma-ketlikda «3 bosh blok – normativ-huquqiy aktlar»ni, so‘ngra “Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom» O‘R AQ – 68ni chaqirasiz. Polojeniyem ustanovleni sleduyuщiye etapi:
TUEK tayinlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
-
ariza beruvchi tomonidan zarur hujjatlar to‘plamini ilova qilgan holda ariza taqdim etish;
-
arizaning qabul qilish va mazkur Nizom talablariga muvofiq ariza beruvchini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
-
inspeksiya tekshiruvi natijalarini tahlil qilish va guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
-
guvohnomani rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va berish yoki guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Tayinlashning har biri ijobiy natija bersagina, keyingi bosqichga o‘tilishi kerak.
14. Rad etish asoslari
“Fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga rioya qilmaslik TUEK guvohnomasini berishni rad etishga asos bo‘ladi.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.11.2021 10:06:18
Chop etiladigan nusxasi