Vazifalar va funksiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2019 yil 1 fevraldagi PQ-4143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida.
Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- havo hududidan foydalanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan xavfsiz foydalanishlari, parvozlar insonlar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini ta’minlash, o‘z vakolatlari doirasida havoda harakatlanishga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishini va O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanishni nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va uning ob’ektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish choralarini amalga oshirish orqali havo kemalari yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
- parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlash ishlarini tashkil etish va ta’minlash;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib borish;
- xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etish.
Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) havo hududidan foydalanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan xavfsiz foydalanishlari, parvozlar insonlar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini ta’minlash, o‘z vakolatlari doirasida havoda harakatlanishga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishini va O‘zbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanishni nazorat qilish sohasida:
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya (1944 yilgi Chikago konvensiyasi) va uning ilovalari talablariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi;
- fuqaro havo kemalari davlat reyestrini, fuqaro aviatsiyasining eksperimental havo kemalari va uchuvchisiz uchish apparatlarining hisobini yuritadi;
- havo kemalaridan texnik va uchish maqsadida foydalanish hujjatlarini tasdiqlaydi;
- fuqaro aviatsiyasi ob’ektlariga berilgan xorijiy sertifikatlarni, xorijiy davlatlar tomonidan aviatsiya mutaxassislariga berilgan sertifikatlarni (guvohnomalarni) e’tirof etishni ta’minlaydi;
- xorijiy davlatlarning ekspluatantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga muntazam qatnovlar bajarilishi uchun ekspluatatsiya ruxsatnomalarini beradi va havo transporti orqali xavfli yuklar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek, harbiy kontingentlar tranzitini amalga oshirishda vakolatli organlar uchun xulosalar tayyorlaydi;
- havo kemalari ekspluatantlariga parvozlarni amalga oshirishlari uchun bir martalik ruxsatnomalar beradi;
- parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturini takomillashtirishni va amalga oshirishni quyidagi hujjatlarni berish bilan ta’minlaydi:
- havo kemalari ekspluatantining sertifikati;
- havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar sertifikati;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromi, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlar sertifikati;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi kadrlarini tayyorlash o‘quv markazining sertifikati;
- fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- eksperimental havo kemasi davlat hisobiga olingani to‘g‘risida guvohnoma;
- fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
- fuqaro havo kemalarining radio jihozlari sertifikati;
- fuqaro havo kemalarining shovqin bo‘yicha sertifikati;
- fuqaro aviatsiyasining tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash to‘g‘risida guvohnoma;
- fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanishga ruxsat to‘g‘risida xulosa;
- kasbiy faoliyatini olib borishlari uchun aviatsiya xodimlari guvohnomasi;
- ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va uning ob’ektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish choralarini amalga oshirish orqali havo kemalari yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash sohasida;
O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishni ta’minlash davlat dasturini amalga oshirish va takomillashtirishni ta’minlaydi;
v) parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlash ishlarini tashkil etish va ta’minlash sohasida:
- Quyidagilarni amalga oshiradi:
- havo kemalari ekspluatantlarini sertifikatlaydi;
- havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlaydi;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni sertifikatlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi kadrlarini tayyorlash o‘quv markazlarini sertifikatlaydi;
g) fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib borishda quyidagilarga rioya etilishining davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirishni ta’minlaydi:
- fuqaro havo kemalari va uchuvchisiz uchish apparatlari parvozlarini tashkil etish, ta’minlash va bajarish qoidalari;
- fuqaro havo kemalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari;
- fuqaro havo kemalarini ishlab chiqarish qoidalari (ulardan foydalanish jarayonida ushbu kemalarning parvozlari xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish kamchiliklari aniqlangan taqdirda);
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlardan fuqaro havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
- foydalanish qoidalari, shuningdek, yer ustidagi asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari;
- fuqaro havo kemalarining parvozlari xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasida aviatsiya xodimlarini tayyorlash qoidalari (shu jumladan, xodimlarni tekshirish va ularga
- ishlashiga ruxsat berish);
- fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari;
- O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish va havoda harakatlanishni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish qoidalari;
- O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya aloqa tizimlari va aeronavigatsiya vositalari ishonchli ishlashini ta’minlash qoidalari;
- parvozlarni meteorologik ta’minlash qoidalari;
- havo kemalari va maxsus transport vositalarining aerodrom perronida harakatlanishini boshqarish va tashkil etish qoidalari;
- aerodrom ekspluatanti tomonidan havo kemalarining qush va yovvoyi hayvonlar bilan to‘qnashish holatlarining oldini olish tadbirlarini bajarish;
- parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish qoidalari;
- parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi ob’ektlarni belgilash qoidalari;
- havo transportida yo‘lovchi, bagaj, yuk (xavfli yuk) va pochta tashish qoidalari;
- fuqaro aviatsiyasining tegishli tashkilotlarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish va uning faoliyat ko‘rsatishi;
- O‘zbekiston Respublikasiga fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normalari, qoidalari va tartibi;
- parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv ta’minoti qoidalari;
- O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar ekspluatantlarining parvozlarni amalga oshirish qoidalari;
d) xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etish sohasida:
- parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasi imzolagan memorandumlarni amalga oshirish, standartlar va tavsiyalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
- Agentlik vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha boshqa davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan aloqalarni belgilangan tartibda amalga oshirish, o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlash;
- parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida, konferensiyalarda va seminarlarda ishtirok etish, normativ-huquqiy bazani, havo kemalaridan uchish va texnik foydalanish, havo navigatsiyasini, havoda harakatni tashkil qilish, fuqaro aviatsiyasi inspektorlari tarkibini tayyorlashni takomillashtirish.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 22.11.2021 16:43:24
Chop etiladigan nusxasi