Ma’lumotlar ro‘yxati

“O‘zaviatsiya” agentligining faoliyati to‘g‘risidagi cheklangan axborotlar:

  1. Agentlik xodimlarining shaxsiy ma'lumotlari.
  2. Agentlik xodimlarining fuqaro aviatsiyasining muhim ob’ektlariga kirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  3. Parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq tekshiruvlar yoki surishtiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  4.   Aviatsiya hodisalari va intsedentlarini surishtiruv jarayoni to‘g‘risida ma‘lumotlar.
  5. Parvozlar xavfsizligi bo‘yicha tahlillar, sertifikatlar va ma'lumotlar.
  6. Agentlikka murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik tijorat siridan iborat ma'lumotlari.
  7. Agentlikka tasdiqlash uchun taqdim etilgan aviakompaniya hujjatlarining mazmuni to‘g‘risida ma'lumotlar.
  8. Aviakompaniyalar yoki vakolatli shaxslar tomonidan taqdim etilgan yo‘lovchilar ro‘yxati to‘g‘risida ma'lumotlar.
  9. Tashqi ishlar vazirligining diplomatik kanallari orqali rejalashtirilgan reyslar haqida ma'lumotlar.
  10. Parvoz, muhandislik-texnik xodimlar va ATC dispetcherlarining shaxsiy ma'lumotlari.
  11. O‘zR FA shifokorlarning hisobotlari va yakuniy hujjatlari.
  12. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi korxonalarining tibbiy-uchish yekspert komissiyalari tomonidan aviasiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tahlili.
  13. Bayonnoma qarorlaridan olingan ma'lumotlar.
  14. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi xodimlarining sog‘lig‘i va o‘limi holati to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotlar va hujjatlar.
  15. O‘zR FA TUEK aʼzolarining shaxsiy ma‘lumotlari.
  16. Xorijiy ekspluatantlarning aviatsiya xavfsizligi dasturi.
  17. Xorijiy ekspluatantlarning HKlarini tekshirish bo‘yicha hujjatlar.
  18. Agentlik xodimlarining ish tavsiflari.
  19. Aviakompaniyalarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejalari.
  20. Inspektorning qo‘llanmasi.
  21. Sertifikatlash yoki tekshirish natijalari asosida rasmiylashtirilgan savolnomalar.
  22. Aviatsiya xafvsizligini taʼminlash yoʼnalishiga qaratilgan barcha hujjatlar.
  23. O‘zbekiston aerodromlari hududida parvozlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘riqnomalar.
  24. Fuqaro aviatsiyasi aerodromlari elementlarining xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (geografik koordinatalari, UQY, HY va perronlar).
  25. Aerodromlar hududidagi baland to‘siqlar haqida ma’lumotlar (geografik koordinatalari, eng yaqin joylashgan aerodrom ostonasidan chiziqli koordinatalari, ob’yektlar balandliklari).
  26. "O‘zaviasiya"agentligining axborot xavfsizligi siyosati.
  27. Shtatlar jadvali to‘g‘risida ma‘lumotlar.
  28. Xodimlarning ish haqi va boshqa to‘lov turlari to‘g‘risida ma'lumot.
  29. Davlat nomidan amalga oshiriladigan xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallarini to‘lash to‘g‘risidagi ma'lumotlar.

“O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish majburiy bo‘lgan axborotlar:

  1. Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar
  2. Agentlik rahbarlari haqida qisqacha ma’lumot ko‘rinishidagi xabarlar (fuqarolarni qabul qilish kunlari va boshqalar);
  3. Agentlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, telefon va pochta manzillari, elektron pochta manzillari, axborot xizmatlari va ishonch telefonlari raqamlari, jamoat transporti yo‘nalishlari, nomlari
  4. Agentlik rahbarining, shuningdek ushbu organlar vakolat bergan mansabdor shaxslarning nutqlari va bayonotlari matnlari.
  5. Agentlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;
  6. Agentlik faoliyatiga oid tahliliy hisobotlar axborot shaklida;
  7. Ariza, taklif, murojaat va shikoyatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  8. Qabul qilingan arizalar, takliflar va shikoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun arizalarni ko‘rib chiqishning umumiy natijalari.

 

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2022 14:59:04

Chop etiladigan nusxasi