O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi ekspluatanti sertifikati
1. Xizmatlar nomi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi ekspluatantlarini sertifikatlash
2. Xizmatlar natijasi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant Sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 01 martdagi 58-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan.
3. Xizmat uchun blank (shakl)
4. Huquqiy asoslar
-
Havo kodeksi, 44-modda
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzurida Fuqarolik aviatsiyasi agentligi, temir yo‘llar orqali tashishlar xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 337-sonli Qarori.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 01 martdagi 58-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.
5. Xizmat oluvchilar
Yuridik va jismoniy shaxslar xizmat oluvchilar bo‘lishi mumkin.
6. Ijro muddati
“O‘zaviatsiya” agentligiga ariza tushgan kundan eʼtiboran 30 kun.
7. Axborot tarkibi va hajmi
Murojaat qilgan har bir shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida axborot berish, shu jumladan “O‘zaviatsiya” agentligining quyidagi saytidan kerakli hujjatlarni ko‘chirib olish imkoniyati kafolatlanadi - www.uzcaa.uz.
8. Keng xabardor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida axborot berish “O‘zaviatsiya” agentligining quyidagi veb-sayti orqali amalga oshiriladi - www.uzcaa.uz.
9. Rasmiy so‘rov bo‘yicha xabardor qilish
(78) 120-00-61 yoki (78) 120-00-71 telefon raqamlari bo‘yicha: soat 9-00 dan 18-00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatantlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risida og‘zaki axborot berish; (71) 254-14-82 yoki (71) 255-53-37 faks bo‘yicha kecha-kunduz, yozma so‘rovlarni qabul qilish “O‘zaviatsiya” agentligi kanselyariyasida soat 9-00 dan 18-00 gacha rasmiy so‘rov bo‘yicha yozma hujjatlarni qabul qilish va berish; Elektron pochta bo‘yicha: caa@uzcaa.uz yoki flight@uzcaa.uz kecha-kunduz yozma so‘rovlarni qabul qilish.
10. Foydalaniladigan hujjatlar blanklari (namunalari)
Arizalar va Sertifikat namunalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 01 martdagi 58-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq belgilangan.
11. Kerakli hujjatlar
Ariza va kerakli tasdiqlovchi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 01 martdagi 58-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq belgilangan.
12. Xizmatlar haqi
Xizmat bepul amalga oshiriladi.
13. Davlat xizmatini ko‘rsatish bosqichlari
“O‘zaviatsiya” agentligi saytida www.uzcaa.uz bosqichma-bosqich «asosiy – normativ-huquqiy hujjatlar» Fuqarolik aviatsiyasi ekspluatantlari va subyektlari “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga bosing.Ushbu Nizomda quyidagi bosqichlar belgilangan:
-
Nizomga ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan arizani tasdiqlovchi hujjatlar to‘plami bilan birga qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
-
Ariza beruvchiga ariza qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabar berilgan holda arizani dastlabki baholash;
-
Ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida yozma shaklda xabar berilgan holda ariza va tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish;
-
Ariza beruvchidan tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlar olish, ular bartaraf etilganligini tekshirish;
-
Belgilangan talablarga muvofiqlik yuzasidan tekshiruvini o‘tkazish, tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar ko‘rsatilgan holda hisobotni rasmiylashtirish;
-
Ariza beruvchidan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlar olish;
-
Ekspluatantni takroriy tekshiruvini o‘tkazish (zarur hollarda);
-
Tekshiruv natijalari bo‘yicha Sertifikat berish (bermaslik) to‘g‘risida qarorni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlash.
14. Rad qilish uchun asoslar
Sertifikat berilishini rad qilish uchun asoslar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasida ekspluatant sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq belgilangan.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.11.2021 10:02:40
Chop etiladigan nusxasi