Faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar olishga rasmiy so‘ro

O‘zaviatsiya agentligi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar olishga rasmiy so‘rovlarning ko‘rib chiqish tartibi

1.Umumiy qoidalar

Ushbu qoidalar O‘zaviatsiya agentligi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni olish uchun rasmiy so‘rovlarning tartibini belgilaydi.

2. O‘zaviatsiya agentligi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun rasmiy so‘rovlar.

O‘zaviatsiya agentligi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun rasmiy so‘rovlar (kelgusida-so‘rov), O‘zaviatsiya agentligiga yuborilgan og‘zaki yoki elektron shakldagi (jumladan elektron xujjat shaklida) ma’lumotdan foydalanishga talablar- O‘zaviatsiya agentligi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga, O‘zaviatsiya agentligi va (yoki) lavozim shaxslarga yuborilgan so‘rovlar

3. So‘rovlarning muddati va ko‘rib chiqish tartibi.

Ma’lumotlarni olishga so‘rovlar u ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositalarining O‘zaviatsiya agentligidan ma’lumot olishlari, shuningdek lavozim shaxslarning tashkilot to‘g‘risidagi intervyulari yetti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlardan foydalanish so‘rovini ko‘rib chiqish, agar O‘zaviatsiya agentligi vakolatiga kirmasa, ro‘yxatga olingan kundan boshlab uch ishchi kuni davomida so‘rovni ma’lumot so‘rovini taqdim etish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga yuboriladi hamda bu haqda ma’lumot foydalanuvchisi xabardor qilinadi.

Ommaviy axborot vositalari yoki O‘zaviatsiya agentligi veb-saytlarida joylashtirilgan rasmiy nashrlarda e’lon qilingan ma’lumotlarni so‘rash jarayonida O‘zaviatsiya agentligi so‘rovga javoban so‘ralayotgan ma’lumotni e’lon qilgan ommaviy axborot vositasining, rasmiy nashrning nomlanishi, e’lon qilingan kuni va raqami haqidagi barcha ma’lumotlarni beradi yoki so‘ralayotgan ma’lumot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko‘rsatadi.

Agar O‘zaviatsiya agentligi olingan so‘rov bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmasa, ro‘yhatga olingan kundan boshlab uch ishchi kuni davomida ma’lumot foydalanuvchisiga tegishli javob yuboriladi.

Agar rad javobini olgan hollarda ma’lumot foydalanuvchining so‘roviga asosli javob yuboriladi.

4. So‘rov uchun zaruriy talablar

Jismoniy shaxsning so‘rovida ismi, famiyaliyasi, otasining ismi, uning turar joyi va so‘rovning maqsadi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart.Yuridik shaxsning so‘rovida esa muassasaning to‘liq yuridik nomlanishi, uning joylashgan manzili (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumot, so‘rovning maqsadi ko‘rsatilishi zarur.

Yozma so‘rovlar ma’lumot foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan bitilgan bo‘ladi.So‘rovga shaxsiy imzoni biriktirishning imkoni bo‘lmasa, familiyasi, ismi va otasining ismi qo‘shimcha qo‘yiladi.

Mazmuni va mohiyatiga ega bo‘lmagan so‘rovlar, anonim deb hisoblanadi hamda ko‘rib chiqishga lozim deb topilmaydi.

O‘zaviatsiya agentligiga yoki lavozim shaxsiga yuborilgan so‘rov, savollari qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘luvchi vakolatli shaxsga yo‘llanadi.

Belgilangan tartibda yuborilgan so‘rov, majburiy ko‘rib chiqilishiga ega.

5. Xulosa o‘rnida

Baxslarga ruxsat

O‘zaviatsiya agentligi faoliyati ochiqligi doirasidagi bahslar qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat beriladi.

O‘zaviatsiya agentligi faoliyati ochiqligi to‘g‘risida qonunchilik buzilgani uchun javobgarlik.

O‘zaviatsiya agentligi faoliyati ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan aybdorlar, shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

 

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20.11.2020 16:16:49

Chop etiladigan nusxasi