Korrupsiyaga qarshi kurash

Кorrupsiyaga qarsi kurashish bo’yicha  bosh mutaxassis:

Po‘latov Olim Mirsagdullaevich

Тел: (78) 120-00-61

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi

Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi faoliyati to‘g‘risida

NIZOM

 

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi (bundan buyon matnda Mutaxassis deb yuritiladi) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
    va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda “O‘zaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) direktorining qarorlari, buyruqlari
    va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
  2. Mutaxassis “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga masʼul hisoblanadi.

 

2-bob. “O‘zaviatsiya” agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi ishini tashkil etish

 

  1. Mutaxassis o‘z faoliyatida bevosita “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga bo‘ysunadi.
  2. Mutaxassis “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
  3. Mutaxassisni lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.

Bunda, Agentlikka “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining Mutaxassisni lavozimdan ozod etish haqidagi taqdimnomasi beriladi.

Ushbu taqdimnomada Mutaxassisni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari ko‘rsatiladi. Taqdimnomaga Mutaxassisni lavozimidan ozod etish sabablari va motivlarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, xodimning arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini ko‘rsatuvchi maʼlumotlar va boshqa shu kabi hujjatlar) ilova qilinadi.

  1. Agentlik tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligining Mutaxassisini lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari yetarli emas deb hisoblansa, shu jumladan Mutaxassisni taʼqib qilinayotganligi haqida maʼlumotlarga ega bo‘lsa, ushbu masalada Mutaxassis bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin.
  2. Quyidagilar “O‘zaviatsiya” agentligining Mutaxassisini lavozimdan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

Mutaxassisni lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;

Mutaxassis zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki o‘ziga yuklatilgan vazifa
va majburiyatlarni bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.

  1. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan 3 (uch) ish kuni ichida k‘orib chiqilib, “O‘zaviatsiya” agentligiga mutaxassisni lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari ko‘rsatilgan xat taqdim etiladi.

 

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisning asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari

 

  1. Mutaxassisning asosiy maqsadi “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurash buyicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, “O‘zaviatsiya” agentligi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, “O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlashdan iborat.
  2. Quyidagilar Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

  1. Mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
    a) “O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun “O‘zaviatsiya” agentligi diretoriga kiritadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini “O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi
va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va xulosalar beradi;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi.

      b) “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati
va yo‘nalishlari haqida maʼlumot to‘playdi;

 maxsus axborot aloqa kanallari orqali tashkilot xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va xuquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligida yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli xujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha maʼlumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toq‘nashuvini tahlil qilishda va tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlariga yetkazadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni
va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi maʼlumotlarni taxlil qiladi;

har chorakda va “O‘zaviatsiya” agentligi direktori talabiga ko‘ra “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga maʼlumot kiritib boradi;

       v) “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida “O‘zaviatsiya” agentligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi
va nazoratini amalga oshiradi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy
xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv-materiallarini ishlab chiqadi;

o‘quv-rejaga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligining barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;

 “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi qurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilanib borilishini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
va tashkilotning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;

“O‘zaviatsiya” agentligidagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;

odob-ahloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;

amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimidagidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul shaxslar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi;

         g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

qonunchilik hujjatlari bilan “O‘zaviatsiya” agentligi zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni
jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

  1. Mutaxassisga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

 

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisining huquq va majburiyatlari

 

  1. Mutaxassis o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun qyidagi huquqlarga ega:

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni olish;

хizmat majburiyatlarini bajarish doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

“O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga korrupsiyaga qarshi qurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

o‘z faoliyati doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish.

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Mutaxassis o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;

qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘grisida zudlik bilan to‘gridan-to‘gri “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga, yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati,
odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga maʼlumotnomalar kiritish;

har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi o‘n kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar
va chora-tadbirlar to‘grisidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etish;

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Mutaxassis korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus
    seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv kurslari yoki maxsus
    seminar-treninglar tashkilot yoxud Agentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.
  2. Mutaxassis faoliyatining natijadorligi tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorlik va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish natijalariga asosan baholanadi.

Mutaxassis faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Mutaxassis faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

 

5-bob. Yakuniy qoidalar

 

  1. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
t/r Tadbirlar Bajarilish sanasi Javobgar shaxslar
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida tegishli vazirlik va idoralardan vakolatli mutaxassislarni jalb etgan holda bir qator ma'ruzalar oʻtkazish. 2023 y. davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
2. "Oʻzaviatsiya" agentligining veb-sayti, shu jumladan "ishonch telefoni" orqali korrupsiyaning oldini olish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish mexanizmini ta'minlash hamda "ishonch telefoni" va "Oʻzaviatsiya"agentligining veb-sayti orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish. Doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari Direktor yordamchisi AKT boʻlimi boshlig’i  
3. Davlat organlari va tashkilotlarining mas'ul xodimlari tomonidan qisqa muddatli ta'lim kurslarini ish boʻyicha qabul qilingandan so'ng va muayyan davr oʻtganidan so'ng xizmat odob-axloqi, manfaatlar toʻqnashuvini hal etish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari bo'yicha o'tishini tashkil etsin. 2023 y. davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
4. "Oʻzaviatsiya" agentligida korrupsiya koʻrinishlari monitoringi. Har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
5. Jismoniy va yuridik shaxslarning veb-sayt orqali "Oʻzaviatsiya" agentligi faoliyati toʻg'risidagi axborotdan foydalanishini ta'minlash mexanizmini nazorat qilish va ijro etish. 2023 y. davomida Direktor yordamchisi AKT boʻlimi boshlig’i  
7. Normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari va ularning "Oʻzaviatsiya" agentligi loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, yakuniy huquqiy xulosa tayyorlash. 2023 y. davomida Korruptsiyaga qarshi tekshiruv oʻtkazish boʻyicha maxsus ishchi guruh
8. "Oʻzaviatsiya" agentligi xodimlari tomonidan odob-axloq kodeksining ijrosini nazorat qilish va xodimlar o'rtasida manfaatlar to'qnashuvining oldini olish. Doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari Kasaba qoʻmitasi Direktor yordamchisi
9. Huquqiy targ'ibot va huquqiy ma'rifat boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan korrupsion namoyishlar oldini olish masalalarida ko'rgazmali materiallar (plakatlar, bukletlar, flyerlar) tayyorlash. 2023 y. davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan seminar va treninglarda, kurslarda ishtirok etish. 2023 y. davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati sohasida umume'tirof etilgan xalqaro standartlar va ijobiy xorijiy tajribani oʻrganish. Doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
12. Korruptsiyaga qarshi faoliyat bilan shug'ullanadigan va ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish. Doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
13. Korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha korrupsiyaga va ichki hujjatlarga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga "Oʻzaviatsiya" agentligi xodimlari tomonidan rioya etilishini nazorat qilish. Doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari
14. Oʻzbekiston Respublikasining meyoriy xujjatlariga muvofiq xaridlarni amalga oshirish   2023 yil davomida Korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi a'zolari Bosh yurist konsul't
Sh.Sh.Burxonov
Bosh hisobchi
Sh.Sharifbaeva
15. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini "Oʻzaviatsiya" agentligi ga ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash. Ochiq tanlovlarni oʻtkazish, barcha ishtirokchilarni ishga olish uchun teng sharoitlarni ta’minlash.   2023 yil davomida Tanlash va joylashtirish komissiyasi Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis
D.M.Muxamedova
Коррупциявий хавф - хатарни миниммаллаштириш бўйича чоралар / тадбирлар / тартиб - таомиллар Амалга ошириш механизми Бажариш муддатлари Масъул ижрочилар
1. Бўлимга тегишли меъёрий-ҳуқуқий ва ички ҳужжатларни коррупция элементлари мавжудлигига текшириб бориш 1. Бўлимга тегишли меъёрий-ҳуқуқий ва ички ҳужжатларни коррупция элементлари мавжудлигига текшириш.
2. Текшириш жараёнида аникланган камчиликларни бартараф этиш.
2023 йил давомида Бўлим бошлиқлари Етакчи мутахассислар
2. Давлат харидларида коррупция хавфини камайтириш 1. Ўзбекистон Республикасининг меъёрий ҳужжатларига мувофиқ харидларни амалга ошириш;
2. Харидни амалга оширувчи комиссия таркибига коррупцияга қарши кураш комиссияси вакилларини киритиш;
3. Давлат харидларининг барча босқичларида ҳужжатларни ҳуқуқий тўғри тайёрлаш.
2023 йил давомида Бош юрист консульт Бурхонов Ш.Ш.

Бош ҳисобчи
Шарифбаева Ш.
3. “Ўзавиация” агентлиги ходимларининг коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга нисбатан билим даражасини ошириш 1. Коррупцияга қарши курашиш масалалари бўйича семинарлар, учрашувлар, давра суҳбатларида иштирок этиш ва ушбу ишларни Ўзавиация” агентлигида ташкил этиш;
2.“Ўзавиация” агентлигининг коррупсияга қарши курашиш соҳасида Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги билан ўзаро ҳамкорликни ташкил этиш.
2023 йил давомида Бош юрист консульт Бурхонов Ш.Ш.
4. Ўзбекистон Республикаси фуқароларини “Ўзавиация” агентлигига ишга қабул қилишда шаффофликни таминлаш. Очиқ танловларни ўтказиш, барча иштирокчиларни ишга олиш учун тенг шароитларни таъминлаш. 1. Бўш иш ўринларининг шаклланиш санаси ва ишга қабул қилиш тугаши, малака талаблари ва талабнома берувчи учун зарур ҳужжатлар рўйхати кўрсатилган ҳолда жорий бўш иш ўринлари мунтазам равишда янгилаб турилишини амалга ошириш.
2. Ички ҳужжатларни Ўзбекистон Республикасининг амалдаги қонунчилигига мувофиқлаштириш.
2023 йил давомида Кадрлар бўйича
бош мутахассис Мухамедова Д.М.
Ахборот-коммуникация технологиялари бўлим бошлиғи
Хрипунов Д.И.
 
Boʻlim nomi Ruxsat berish turi Аsos Xodimlarning F.I.Sh. Egallab turgan lavozimi
1. Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va nazorat qilish boʻlimi Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa. Oʻzbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomiga muvofiq. Xusanov Murod Аbrorovich Uchuvchisiz uchish apparatlarini hisobga olish va foydalanishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
Xudaykulov Rovshan Muxidinovich Uchuvchisiz uchish apparatlarini hisobga olish va foydalanishini nazorat qilish boʻlimi yetakchi mutaxassis-inspektori
2. Havo kemalari uchishga yaroqliligi boʻlimi

1. Fuqaro havo kemasini davlat roʻyhatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma;

2. Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikati;

3. Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat;

4. Fuqaro havo kemalariga radio jixozlar boʻyicha sertifikat;

5. Havo kemalari texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati

Oʻzbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-son “Tadbirkorlik subʼektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib- taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori. Salaxitdinov Rustam Zaynabidinovich Havo kemalari uchishga yaroqliligi boʻlimi boshligi
3. Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirilishini nazorat qilish boʻlimi Oʻzbekistоn Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi ekspluatanti sertifikatini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 1 martdagi 58-son qarori. Nishanov Rustam Mamankulovich Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirilishini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
Pak Vitaliy Yurevich Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirilishini nazorat qilish boʻlimining ekspluatantlarni, aviatsiya oʻquv yurtlarini sertifikatlash boʻyicha bosh mutaxassis- inspektori
4. Аerodromlarni sertifikatlash va aerodromlar atrofida obʼektlarni joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish boʻlimi Parvozlar xavfsizligiga taxdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasining “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2014 yil 11 avgustdagi 226-son qarori. Nigmatullaev Islom Nusratilla ugli Аerodromlarni sertifikatlash va aerodromlar atrofida obʼektlarni joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish boʻlimi boshligʻi
Madaminov Muzaffar Maʼmurjonovich Аerodromlarni sertifikatlash va aerodromlar atrofida obʼektlarni joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish boʻlimi bosh mutaxassis- inspektori
Nomlanishi Ishlab chiqarilgan yili (qurilgan) Soni Joriy holati
1 Avtomobil Chevrolet Malibu 2 2022 y. 1 yaroqli
2 Garaj - dizel bino (180 кв.м.) 2004 y. 1 yaroqli
3 Mashinalar uchun soyabon (95 кв.м.) 2003 y. 1 yaroqli
4 Ma'muriy bino (4177 кв.м) 1989 y. 1 yaroqli
Наименование расходов Код расходов Код строки По уточнённой смете Кассовый расходы Остаток по смете
I-группа "Заработная плата и приравненные к ней платежи" X 06 2 546 833 000,00 2 306 574 156,03 240 258 843,94
Взносы / отчисления на социальные нужды 4120000 07 634 477 000,00 565 372 324,97 69 104 675,03
II-группа "Начисления на заработную плату" X 10 634 477 000,00 565 372 324,97 69 104 675,03
РАСХОДЫ ПО ТОВАРАМ И УСЛУГАМ 4200000 11 445 758 000,00 373 089 379,05 72 668 620,95
Коммунальные услуги 4220000 14 132 337 000,00 124 063 100,58 8 273 899,42
Электроэнергия 4221000 15 79 557 000,00 79 555 900,00 1 100,00
Горячая вода и тепловая энергия 4223000 16 38 431 000,00 36 408 497,95 2 022 502,05
Холодная вода и канализация 4224000 17 11 923 000,00 5 869 867,50 6 053 132,50
Услуги по уборке и вывоза мусору, а так же приобретение энергетических и других ресурсов (кроме бензина и других ГСМ) 4225000 18 2 426 000,00 2 228 835,13 197 164,87
Содержание и текущий ремонт 4230000 19 14 823 000,00 7 361 400,00 7 461 600,00
Машины, оборудования и техника 4234000 22 14 823 000,00 7 361 400,00 7 461 600,00
Транспортные средства 4234100 23 1 700 000,00 1 247 400,00 452 600,00
Прочие машины, оборудования, техника и передаточные устройства 4234900 24 13 123 000,00 6 114 000,00 7 009 000,00
Расходы запасов материальных оборотных средств 4250000 29 101 614 000,00 81 080 761,50 20 553 238,50
Прочие материальные оборотные средства 4252000 30 101 614 000,00 81 080 761,50 20 553 238,50
Товарно-материальных запасов 4252100 31 76 085 000,00 58 954 958,50 17 130 041,50
Товарно-материальных запасов (кроме бумаги) 4252110 32 65 956 000,00 49 261 494,50 16 694 505,50
Расходы на приобретение бумаги 4252120 33 10 129 000,00 9 693 464,00 435 536,00
Одежды, обуви и постельных принадлежностей 4252200 34 6 970 000,00 3 577 713,00  3 392 287,00
Топливо и ГСМ 4252500 35 18 559 000,00 18 548 090,00 10 910,00
Другие расходы на приобретение товаров и услуг 4290000 36 124 607 000,00 88 683 580,97 35 923 419,03
Расходы на обучение 4291000 37 14 468 000,00 6 549 898,00 7 918 102,00
Телефонные, телекоммуникационные и информационные услуги 4292000 38 67 995 000,00 58 131 701,97 9 863 298,03
Телефонные, телеграфные и почтовые услуги 4292100 39 29 812 000,00 20 695 201,97 9 116 798,03
Информационные и коммуникационные услуги 4292200 40 38 183 000,00 37 436 500,00 746 500,00
Прочие расходы на приобретение товаров и услуг 4299000 41 42 144 000,00 24 001 981,00 18 142 019,00
Прочие расходы на приобретение товаров и услуг 4299990 42 42 144 000,00 24 001 981,00 18 142 019,00
СОЦИАЛЬНЫЕ ПОСОБИЯ 4700000 43 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
Социальные пособия работодателей 4730000 44 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
Социальные пособия, предоставляемые работодателями в денежной форме 4731000 45 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
ДРУГИЕ РАСХОДЫ 4800000 46 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Различные прочие расходы 4820000 47 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Текущие 4821000 48 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Различные прочие расходы 4821100 49 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
IV-группа "Другие расходы" X 52 597 772 000,00 515 900 147,77 81 862 852,23
Всего расходов: - - 3 779 082 000,00 3 387 855 628,80 391 226 371,20

 

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11.04.2023 13:54:18

Chop etiladigan nusxasi