Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʼrib chiqish natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holatining
TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning Qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda.
“O‘zaviatsiya” agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili bo‘yicha 2023 yilning 6 oyida jami 25 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 18ta elektron shakldagi murojaatlar bo‘lib, shulardan 9tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan, qolganlari “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytiga, elektron pochtaga va pochta orqali yozma shakldagi murojaatlardan tashkil topgan.
2023 yilning 6 oyida kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi (8%) qanoatlantirildi, 13 tasi (52%) yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi va 3 tasi (12%) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan rad javobi berildi hamda 6ta (24%) murojaat tegishligi bo‘yicha 445-O‘RQ 25-moddasiga asosan boshqa vakolatli davlat organiga yuborildi. Kelib tushgan murojaatlar 5tasi (20%) yuridik shaxsga va 20tasi (80%) jismoniy shaxsga tegishlidir.
“O‘zaviatsiya” agentligiga kelib tushayotgan barcha murojaatlar bevosita rahbariyat tomonidan nazoratga olingan. “O‘zaviatsiya” agentligining murojaatlar bilan ishlash ahvoli tizimli ravishda monitoring qilinib, har chorakda tahlil qilinib agentlikning rasmiy veb-saytiga diagramma shaklda joylashtirilib borilmoqda.
“O‘zaviatsiya” agentligining kengaytirilgan yig‘ilishlarida har chorakda murojaatlar bilan ishlash ahvoli bo‘yicha muhokama qilinib, kamchilik va muammolarni bartaraf etish haqida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib kelinmoqda.
Shuningdek, “O‘zaviatsiya” agentligining rahbariyati hamda bo‘lim rahbarlari, mas’ul xodimlari aholining muammolarini eshitish va ularni hal etish yuzasidan joylarda muntazam ravishda sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan grafik tasdiqlangan bo‘lib, shu asosda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda, murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni joyiga chiqib o‘rganishga, ularni ijobiy (qanoatlantirish) hal etilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Koʼchirib olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20.06.2023 10:07:23

Chop etiladigan nusxasi