Fuqaro havo kemasini davlat ro‘yxatidan o‘tkanligi to‘g‘risidagi guvohnoma
1. Xizmat nomi
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish
2. Xizmat natijasi
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi”da (O’zR AQ-45) o‘rnatilgan.
3. Xizmat uchun blank (shakl)
4. Huquqiy asoslar
- O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 39-modda.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi” (O’zR AQ-45).
5. Xizmatdan foydalanuvchilar
Fuqaro havo kemasining egasi (mulkdori), O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan, fuqaro havo kemasining ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma olish uchun ariza bilan murojaat qilgan bo'lishi mumkin.
6. Ijro muddati
“Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq arizani ko‘rib chiqish muddati 10 (o'n) ish kun ichida o‘rnatilgan.
7. Ma’lumotlarning tarkibi va hajmi
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni murojaat qilgan har qanday shaxsga taqdim etish, shu jumladan “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz zarur bo‘lgan hujjatlarni yuklab olish imkoniyati bilan.
8. Ma’lumotlarni keng taqdim etish
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz amalga oshiriladi.
9. So’rovga asosan beriladigan ma’lumotlar
- Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni og’zaki ravishda 9-00 dan 18-00 gacha taqdim etishi: 78-120-00-62 yoki 78-120-00-63 sonli telefon raqamlari orqali;
- Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz 71-254-14-82 sonli faks raqami orqali qabul qilish, yozma ravishdagi so’rovnomalarni 9-00 dan 18-00 gacha “O‘zaviatsiya” agentlikning devonxonasi orqali qabul qilish va berish;
- Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz qabul qilish: caa@uzcaa.uz yoki technique@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali.
10. Foydalaniladigan xujjatlar blankalari (shakllari)
Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma va arizaning blankalari “Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi”da belgilangan.
11. Zarur bo‘lgan xujjatlar
- “Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”ga 3-ilovasiga muvofiq fuqaro havo kemasini davlat reestriga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish yoki qayta rasmiylashtirish yoki uning dublikatni berish yoki havo kemasini davlat reestridan chiqarish to‘g‘risida ariza;
- havo kemasi horij davlat reestridan chiqarilganini tasdiqlovchi hujjat, agar havo kemasini davlat reestriga ro‘yxatidan o‘tkazish va havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish to‘g‘risida arizani berishdan oldin arz qiladigan havo kemasi boshqa davlat reestriga ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.
12. Pullik xizmatlar
Xizmat bepul
13. Davlat xizmati ko‘rsatish bosqichlari
“Fuqaro havo kemalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi tog‘risidagi Nizom»da qoyidagi bosqichlar belgilangan:
- arizani qabul qilish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- ariza va xujjatlarni qo‘rib chikish fuqaro havo kemasini texnik holatini tekshirishi bilan birga;
- arizachidan havo kemasinining texnik holatini tekshirishda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi to‘grisida xujjatlarni qabul qilib;
- fuqaro havo kemasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berishni yoki berishni rad etish.
14. Rad etish asoslari
Arizaсhiga quyidagi holatlarda fuqaro havo kemasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berishni rad etilishi mumkin:
- agar arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Nizom talablariga javob bermasa yoki noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoki zarur bo‘lgan xujjatlarning butun to‘plami arizaga ilova qilinmagan bo‘lsa;
- agar Arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmasa;
- agar havo kemasinining haqiqiy texnik holati bo‘yicha aniqlangan va asoslangan salbiy xulosa berilgan bo‘lsa, kelajakda undan foydalanishidan imkonini bermaydigan bo‘lsa.
Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.11.2021 10:17:57
Chop etiladigan nusxasi