O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalari vakillari bilan uchrashuv

“O‘zaviatsiya” agentligida O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalarining vakillari bilan «Humo Air» aviakompaniyasi tomonidan bekor qilingan parvozlar bilan bog‘liq masalasi yuzasidan muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Adliya katta maslahatchisi, Toshkent Aviatsiya prokurori Sh.Mamadjanov ishtirok etdi va uchrashuv ishtirokchilariga «Humo Air» aviakompaniyasi tomonidan o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayatganligi va bekor qilingan parvozlar uchun qaytariladigan mablag‘larni kechiktirilishi yuzasidan, chipta sotib olgan yo‘lovchilar tomonidan prokuratura idoralariga kelib tushgan ko‘pkina shikoyatlar mavjudligi to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida «Humo Air» aviakompaniyasiga mazkur vaziyatdan chiqish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan kelgusida shu kabi vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, yo‘lovchilar tomonidan ishtimoi tarmoqlarda kelib chiqadigan g‘azablarni va noroziliklarni oldini olish maqsadida parvozlarni assosiz kech qolishligi yo‘q qilish.

Shu bilan birga, aviakompaniyalar vakillariga favqulotda hodisa vaziyatlarda Transport vaziligi, “O‘zaviatsiya” agentligi hamda aeroportlarning tarkibiy bo‘limlari bilan hamkorlikni kuchaytirish tavsiya etildi.