Yil yakuni bo'yicha tahliliy hisobot

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar va aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 7ta (yetita) aviakompaniya (2020 yil – 5 ta), 12 (o‘n ikkita) aerodrom, 2 (ikkita) O‘quv-mashq markazi, 6ta (oltita) HKga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 3ta (uchta) fuqaro aviatsiyasi HKni ta’mirlash korxonalari o‘z faoliyatini yuritmoqda.

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:

12ta sertifikatsiya tekshiruvlari, shulardan:

  • 10ta aerodromlarda (“Andijon”, “Samarqand”, “Buxoro”, “Navoi”, “Urganch”, “Namangan”, “Termiz”, “Farg‘ona”, “Nukus”, “Qarshi” (2020 yilda – 7ta). Tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli aerodrom Sertifkati berildi.

Aerodromlarni sertifikatlash davrida jami 72ta kamchiliklar aniqlangan.

Kamchiliklarning asosiy qismi uchish-qo’nish yo’lagi yuzalarida yoriqlar va cho’kishlarning mavjudligi, ularning o’z vaqtida mastika bilan to’ldirilmaganligi, hamda uchish-qo’nish yo’lagining yoritish tizimidagi bir qator kamchiliklardan iborat. Aniqlangan kamchiliklarlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan. Kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha “O’zaviatsiya” agentligi tomonidan muntazam nazorat yo’lga qo’yilgan.

  • “QANOT SHARQ” aviakompaniyasi;
  • “Air Tashkent” aviakompaniyasi.

Aviakompaniyalarni sertifikatlash jarayonida jami 14ta kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarning ayrimlari, shtat birliklari to‘liq to‘ldirilmaganligi, malaka oshirish sertifikatlarining muddati tugaganligi  yoki boshlang‘ich o‘quv sertifikati mavjud emasligi bilan bog‘liqdir.  

79ta inspektorlik tekshiruvlari (2020 yilda – 13ta), shulardan:

  • 5ta aviakompaniylarda “Uz Aero Tech Group” MChJ QK, “Uzbekistan Airways” АJ, “AGRO-PARVOZ” KTАIK, “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “HUMO AIR Air” MChJ (2020 yilda - 3ta);
  • 2ta oʼquv-mashq markazlarida “Dostupnoe nebo” va “O‘quv-mash‘gulot markazi” MChJ (2020 yilda - 2ta);

Inspektorlik tekshiruvlar jarayonida, jami 21ta kamchiliklar aniqlangan. Bulardan, bo‘limlarning shtat jadvaliga asosan xodimlar bilan to‘liq to‘ldirilmaganligi hamda aviakompaniyalarni ayrim normativ-huquqiy xujjatlari yangilanmaganligi aniqlangan.   

– 4ta HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “AGRO-PARVOZ” КТАИК, “An Rad-Aero” MChJ, “Humo Air” MChJning (2020 yilda inspektorlik tekshiruvlari o‘tkazilmagan).

“An Rad-Aero” MChJda aniqlangan 2ta kamchilik muhandis-texnik xodimlar faoliyati bilan bog’liq. 2020 yilning aynan shu davrida ham HKga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida sertifikasiya tekshiruvilari o‘tkazilib ikkita kamchiliklar aniqlangan va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

– 10ta uchuvchisiz uchish apparatlari ekspluatanti tashkilotlarida “O‘zgashkliti” DUK, “Geoinnovasion Markaz” DUK, “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “NTRK”, “Ziyo” Mediamarkaz, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gealogiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi O‘zbekiston Respublikasi geologik jarayonlarni kuzatish Davlat hizmati”, “ZO’R” TELERADIOKOMPANIYA OAJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qumitasi husuridag Kadastr agentligi Respublika Aerogeodeziya markazi» (2020 yilda – 1ta);

– 2021 yilda “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” MCHJda inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilib jami 14ta kamchiliklar aniqlangan.

Asosiy kamchiliklar uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzalaridagi notekisliklar, harakatlanish yo‘lagining ta’mirtalabligi kabilardan iborat. Bundan tashqari, aerodrom ishchi hodimlarining malaka oshirish kurslarida o’qishi kabi tizimli muammolar ham aniqlangan.

– “Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” MCHJning Tibbiy-sanitariya qismi tibbiy uchish ekspert komissiyasi (TUEK) tekshiruvi (2021 yilda – 1ta);

– 5ta O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarining beshta perrondagi tekshiruvlari:

2021 yil 28 yanvar kuni A-320 UK32019, tekshiruv natijalari bo‘yicha uchta kamchiliklar aniqlangan;

2021 yil 15 iyul kuni B-767-300 UK67001, tekshiruv natijalari bo‘yicha to‘rtta kamchiliklar aniqlangan;

2021 yil 28 oktyabr kuni A-320 UK32031, tekshiruv natijalari bo‘yicha uchta kamchiliklar aniqlangan. Barcha kamchiliklar Toshkent xalqaro aeroporti tomonidan bartaraf etilgan.

2021 yil 29 noyabr kuni AS350B3 UK12504, tekshiruv natijalari bo‘yicha ikkta kamchiliklar aniqlangan. Barcha kamchiliklar Toshkent xalqaro aeroporti va “Uzbekistan Helicopters” MChJ tomonidan bartaraf etilgan.

Perrondagi inspeksiya tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar ishlab chiqarish jarayoni to‘liq bajarmasligi, HKning yoqilg‘i ta’minoti texnologik jarayoni buzilishi hamda HKning to‘xtab turish joyning ta’minoti va zarur uskuna anjomlar bilan ta’minlaganligi bilan bog‘liqligi aniqlagan.  

Sertifikasiya va inspeksiya tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aviakorxonalar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish maqsadida aniq muddatlari ko‘rsatilgan chora-tadbirlar Rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi obʼyektlarida jami 11ta aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazildi:

  • 10ta aviatsiya xavfsizligi holatini ko‘zdan kechirish tekshiruvi, shulardan 7tasi aviatsiya xavfsizligi tizimini sinovdan o‘tkazish tekshiruvi;
  • 1ta aviatsiya xavfsizligi holatini inspeksiya tekshiruvi;

Aviatsiya xavfsizligi tekshiruv natijalari bo‘yicha quyidagi kamchiliklar aniqlangan:

  • aviatsiya xavfsizligi holatini ko‘zdan kechirish tekshiruvida – 141ta;
  • aviatsiya xavfsizligi holatini inspeksiya tekshiruvida – 11ta;

Aviatsiya xavfsizligi holatini ko‘zdan kechirish tekshiruvlari 10ta toyfalangan fuqaro aviatsiyasi ob'yektlarida o‘tkazildi va natijalari bo‘yicha quyidagicha kamchiliklar aniqlangan:

  • “Farg‘ona” xalqaro aeroportida – 32ta;
  • “Buxoro” xalqaro aeroportida – 16ta;
  • “Namangan” xalqaro aeroportida – 11ta;
  • “Navoiy” xalqaro aeroportida – 24ta;
  • “Urgench” xalqaro aeroportida – 2ta;
  • “Termiz” xalqaro aeroportida – 5ta;
  • “Nukus” xalqaro aeroportida – 11ta;
  • “Qarshi” xalqaro aeroportida – 16ta;
  • “Toshkent” xalqaro aeroportida – 1ta;
  • “Uzbekistan airways technics” MChJda – 23ta.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi obʼyektlarida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha sifat nazorati tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aniqlangan asosiy kamchiliklar quyidagilar:

  • aeroportlarning perimetr to‘siqlari video kuzatuv tizimlari bilan jihozlanmagan, perimetr to‘siqlari qoniqarsiz holatda, beton plitalar eskirgan, tuproq qismi yemirilib ketgan, perimetr to‘siqlarida juda ko‘p burilish joylari mavjud hamda perimetr to‘siqlari bo‘yicha o‘rnatilgan kuzatuv minoralarining joylashtirilish oralig‘ masofalari bir-biridan juda uzoq.
  • aeroportlarning aerovokzal va uning oldi maydonlarida video kuzatuv tizimlari ishga tushirilgan, biroq ushbu video kuzatuv tizimlarini boshqaruvchi operatorlar ko‘plab aeroportlarda yetishmaydi yoki umuman yo‘q.
  • aeroport va aviatsiya korxonalarining nazorat-o‘tkazish punktlari ichidagi maydoni juda kichkina bo‘lganligi sababli maxsus texnik tekshiruv vositalarini joylashtirishning hamda erkak va ayollarni tekshirish uchun alohida belgilangan jo’yllar mavjud emas.
  • aeroportlarda maxsus texnik tekshiruv vositalari joylashtirilgan joylarda maqbul harorat darajasi o‘rnatilmagan, ushbu holat qimmatbaho maxsus texnik tekshiruv vositalarini tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
  • aeroportlarning nazorat-o‘tkazish punktlarida xizmat olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalarida ayol xodimlar soni yetishmasligi ko‘p yillar davomida kuzatilib kelinmoqda. Ayol xodimlar soni yetishmaganligi sababli aeroportlarning hamma nazorat-o‘tkazish punktlariga kunduzi smenalarga ayol xodimlar qo‘yilmayabti va kechki smenalarda esa umuman ayol xodimlar xizmat faoliyatini olib bormayabti. Ushbu holat aeroportlarning nazorat-o‘tkazish punktlaridan kiruvchi va chiquvchi ayol xodimlarning samarasiz tekshiruvdan o‘tkazilishiga olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  Аviakompaniyalarida marshrutlar boʼyicha  19ta inspektsiya tekshiruvlari bajarilgan (2020 yilda – 13ta). Natijalari boʼyicha tegishli bayonnomalar tuzilgan. Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.

O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yilda 8ta xorijiy aviakompaniyaga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berildi, shulardan:

  • “Fly Egypt” aviakompaniyasi (Misr);
  • “Jazeera Airways” aviakompaniyasi (Quvayt);
  • “Royal flight” aviakompaniyasi (Rossiya Federatsiyasi);
  • “MNG Airlines” aviakompaniyasi (Turkiya);
  • “Smartavia” aviakompaniyasi (Rossiya Federatsiyasi);
  • “Air India” (Hindiston);
  • “Fly Nas” aviakompaniyasi (Saudiya Arabistoni);
  • “Qatar Airways” aviakompaniyasi (Qatar)

Aviakompaniyalarning arizalariga asosan, amaldagi foydalanish ruxsatnomalariga 10ta yangi yo‘nalishlar, shuningdek, 120ta yangi havo kemalari kiritildi.

ICAO standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlarning  havo kemalari ekspluatantlarining 13ta perronda inspektsiya tekshiruvi oʻtkazildi.

Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar, shturmanlar, HHB dispetcherlari, muxandislar, bortkuzatuvchilar) 35tasiga guvohnomalar berildi, 45tasining guvohnomalari almashtirildi va 680tasiga guvohnomalarining muddati uzaytirildi.

Xisobot davrida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan HKga quyidagilar berildi:

  • 60ta HKga uchishga yaroqlilik sertifikatlari (2020 yilda – 47ta);
  • 6ta radiojihozlar sertifikatlari (2020 yilda – 3ta);
  • 3ta shovqinlar bo‘yicha sertifikatlari (2020 yilda – 2ta).

Sertifikatsiya va inspeksiya tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aviakorxonalarga “O‘zaviatsiya” agentligining 8ta inspektorlik taqdimnomalari kiritilgan bo’lib, jami 39ta kamchiliklar inspektorlik taqdimnomalarida qayd etilgan.

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 yilda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 avgustdagi 226-son “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida 504ta (2020 yilda – 1211ta) yangi qurilayotgan ob’yektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi. Umumiy 90 ta (2020 yilda – 87 ta) ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 8 avgustdagi PQ-4798-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zaviatsiya” agentligi mutaxasisslari faol ishtirokida  2021 yilda Farg’ona viloyati So’x tumanida yangi uchish-qo’nish maydonchasi qurib bitkazildi va 2021 yilning dekabr oyidan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona  yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilish yo‘lga qo‘yildi. 

Parvozlarni ornitologik ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi va Idoralararo ishchi komissiya a’zolari 2021 yil davomida “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJga tutash hududlarni joyiga chiqish yo‘ly  bilan 4 marotaba  ko‘zdan kechirildi. Aeroportga tutash hududda istiqomat qiluvchi aholi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“O‘zaviatsiya” agentligi vakolatlari doirasida tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10ta aerodromlarda parvozlarning qidiruv va avariya-qutqaruv ta’minoti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 26 dekabrdagi O‘RQ-195-son qonuni talablarini bajarish maqsadida 10ta aerodromlarda tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda fuqaro aviatsiyasining qutqaruvchilari attestatsyiadan o‘tkazishda va ularga “Qutqaruvchi” maqomi tasdiqlanishida ishtirok etildi.

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun (www.uzcaa.uz) “O‘zaviatsiya” agentligi sayti orqali xoriliy aviakompaniyalardan 9702ta so‘rovnomalar kelib tushgan va ulardan 6875tasiga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilgan.

“O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus Komissiyasi”ning Bayonnomalariga muvofiq 14ta maxsus NOTAMlar rus hamda ingliz tilida tayorlandi va chop etildi.

Raqamlashtirish

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2020 yil 9 dekabr kuni “Turizm sohasini rivojlantirish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 97-sonli Bayonining
    2-bandi nazorat rejasiga muvofiq, “O‘zaviatsiya” agentligi sayti (www.uzcaa.uz) orqali xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovnomalarni qabul qilish va ruxsatnomalarni berishning elektron tizimi ishlab chiqildi va ushbu tizim 2021 yil 1 martidan boshlab to‘liq xususiyatli rejimda ishga tushirildi.
  2. Vazirlik va idoralarning xorijiy ijodiy kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi arizalarini taqdim qilish va kelishish uchun yagona idoralararo elektron platforma (https://bla.uzcaa.uz) joriy etildi.
  3. Attestasiyadan (tekshiruvdan) o‘tish uchun dastlabki arizalarni onlayn topshirish, aviatsiya xodimlari guvohnomalarining amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumot olish tizimi (https://ovs.uzcaa.uz) joriy etildi.
  4. Xavflarni baholash imkoniyatini beradigan fuqaro aviasiyasi ob'ektlarining holatini nazorat qilish uchun ma'lumotlar bazasi yaratildi .

Xalqaro faoliyat

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi R-5472-son farmoyishiga muvofiq, 2021 yilning 5-9 iyul kunlari “O‘zaviatsiya” agentligida “Qozog‘iston aviatsiya maʼmuriyati” AJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari o‘rtasida aviatsiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha tajriba almashish;
  • aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning IKAO talablariga muvofiqliligi;
  • Qozog‘iston Respublikasidan AQShga muntazam parvozlarni ochish rejasi doirasida O‘zbekiston Respublikasida Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) tomonidan o‘tkazilgan bir nechta audit natijalari yuzasidan tajriba almashish;
  • aviatsiya xavfsizligi kurslari bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • Uchrashuv yakuni bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishildi:
  • 2022 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlari o‘rtasida aviatsiya xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish va imzolash;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini Qozog‘iston Respublikasining Almata shahridagi aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha IKAO o‘quv markazida tayyorgarlikdan o‘tkazish;
  • aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tezkor hamkorlik va axborot almashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatlarining muvofiqlashtiruvchi markazini tashkil etish to‘g‘risida tashabbusni ko‘rib chiqish va keyinchalik boshqa davlatlarning aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha regulyatorlarini ushbu tadbirga jalb etish.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki tomonlama bayonnoma imzonlandi.

  1. 2021 yilning 2 avgust kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va Rossiya Federatsiyasi havo transporti federal agentligi o‘rtasida “Havo kemalarining parvozga yaroqliligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim imzolandi.
  2. “O‘zaviatsiya” agentligi mutaxassislari 2021 yilning 9-12 noyabr kunlari Myunxen shahrida (Germaniya) aerodromlarga texnik xizmat ko‘rsatish, maxsus texnika, texnologiyalar, aeroportlar va aerodromlarni loyihalash bo‘yicha “Inter Airport Europe-2021” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ilk bor ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga ilg‘or innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalar haqida to‘liq ma’lumot berish hamda ushbu ekspozitsiya aeroportlar va texnologik xizmatlarning qulay va xavfsiz ishlashini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar turlarining kengligi bilan tanishtirish edi.

  1. 2021 yilning 16 dekabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi rahbari Aviatsiya va havo hududidan foydalanish bo‘yicha Davlatlararo kengashning
    38-sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada, 30 yillik faoliyatining amaliy natijalari va asosiy istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etildi.

Davlatlararo kengash va DAK, shuningdek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) yaqinda qabul qilingan qarorlari nuqtai nazaridan fuqaro aviatsiyasiga tegishli asosiy masalalar muxokama qilindi.

  1. “O‘zaviatsiya” agentligi 2021 yil davomida Jahon banki guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga aviatsiya sohasida islohotlar bo‘yicha konsalting yordamini ko‘rsatish loyihasida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash bo‘yicha

Mazkur Qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zaviatsiya» agentligida 2021 yilda fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.

Tahlil davomida 2021 yilda «O‘zaviatsiya» agentligiga 48ta murojaat kelib tushgani aniqlandi.

Shulardan:

  • 26 (yigirma oltitasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
  • 9 (to‘qqistasi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
  • 11 (o‘n bittasi) O‘zaviatsiya» agentligi rasmiy sayti orqali;
  • 2 (ikkitasi) pochta orqali.

Murojaatlarda ish bilan ta'minlash, ish vaqti, «O‘zaviatsiya» agentligidagi vakansiya, aliment to‘lovlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma'lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori talablarini bajarish maqsadida «O‘zaviatsiya» agentligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.

Yuklab olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 28.02.2023 10:09:29

Chop etiladigan nusxasi