Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʼrib chiqish natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi “O‘zaviasiya” agentligi  tomonidan 2022 yilning yanvar–dekabr oylari  davomida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarni ko‘rib chiqilishi yuzasidan

 

M A ' L U M O T

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiya agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning Qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqilishi ta'minlanmoqda.

Fuqaro aviasiya agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022 yilning 12 oyida jami 34 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 6tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali, 7tasi yozma, 21tasi elektron shaklda, shundan 5tasi rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlarni tashkil qiladi.

Kelib tushgan murojaatlarning 6tasi (17%) qanoatlantirildi, tegishligi bo‘yicha 4tasi (0.12%) boshqa tashkilotlarga yuborildi, 23tasi (68%) yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi,  va 1tasi (0.03%) ko‘rmasdan qoldirildi.

Fuqaro aviasiya agentligiga kelib tushayotgan barcha murojaatlar bevosita rahbariyat tomonidan nazoratga olingan. Agentlikning murojaatlar bilan ishlash ahvoli tizimli ravishda monitoring qilinib, har chorakda tahlil qilib borilmoqda.

Agentlikning kengaytirilgan yig‘ilishlarida har chorakda murojaatlar bilan ishlash ahvoli bo‘yicha muhokama qilinib, kamchilik va muammolarni bartaraf etish haqida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib kelinmoqda.

Shuningdek, Agentlikning rahbariyati hamda bo‘lim rahbarlari, mas'ul xodimlari aholining muammolarini eshitish va ularni hal etish yuzasidan joylarda muntazam ravishda sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan grafik tasdiqlangan bo‘lib, shu asosda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda, murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni joyiga chiqib o‘rganishga, ularni ijobiy (qanoatlantirish) hal etilishiga alohida e'tibor qaratilgan.

 

Koʼchirib olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 11.01.2023 14:52:24

Chop etiladigan nusxasi