O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatini berish

1. Xizmatlar nomi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash.

2. Xizmatlar natijasi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi o‘quv muassasalariga sertifikat berish.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi o‘quv muassasalariga sertifikat berish Davlat avianazorat boshlig‘ining 2008 yil 10 noyabrdagi 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari”ga muvofiq belgilangan (AP O‘zR-142).

3. Xizmat uchun blank (shakl)

Shaklni yuklab olish

4. Huquqiy asoslar

  1. Havo kodeksi, 49-modda

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzurida Fuqarolik aviatsiyasi agentligi, temir yo‘llar orqali tashishlar xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 337-sonli Qarori.

  3. Davlat avianazorat boshlig‘ining 2008 yil 10 noyabrdagi 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari” (AP O‘zR-142).

5. Xizmat oluvchilar

Yuridik shaxslar xizmat oluvchilar bo‘lishi mumkin.

6. Ijro muddati

Arizani va arizaga ilovalarni dastlabki baholash ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan eʼtiboran o‘n kunlik muddatda amalga oshiriladi. Ushbu muddatda Ariza beruvchiga yozma shaklda ariza qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar beriladi.

7. Axborot tarkibi va hajmi

Murojaat qilgan har bir shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida axborot berish, shu jumladan “O‘zaviatsiya” Agentligining quyidagi saytidan kerakli hujjatlarni ko‘chirib olish imkoniyati kafolatlanadi - www.uzcaa.uz.

8. Keng xabardor qilish

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida axborot berish “O‘zaviatsiya” Agentligining veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

9. Rasmiy so‘rov bo‘yicha xabardor qilish

(78) 120-00-61 yoki (78) 120-00-71 telefon raqamlari bo‘yicha: soat 9-00 dan 18-00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida og‘zaki axborot berish; (71) 254-14-82 yoki (71) 255-53-37 faks bo‘yicha kecha-kunduz, yozma so‘rovlarni qabul qilish “O‘zaviatsiya” Agentligi kanselyariyasida soat 9-00 dan 18-00 gacha rasmiy so‘rov bo‘yicha yozma hujjatlarni qabul qilish va berish; Elektron pochta bo‘yicha: caa@uzcaa.uz yoki flight@uzcaa.uz kecha-kunduz yozma so‘rovlarni qabul qilish.

10.  Foydalaniladigan hujjatlar blanklari (namunalari)

Arizalar va o‘quv muassasalar Sertifikati namunalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat avianazorat boshlig‘ining 2008 yil 10 noyabrdagi 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari”ga muvofiq belgilangan (AP O‘zR-142).

11. Kerakli hujjatlar

Ariza va kerakli tasdiqlovchi hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari”ga muvofiq belgilangan (AP O‘zR-142), 1,2-sonli Ilova.

12. Xizmatlar haqi

Xizmat bepul amalga oshiriladi.

13. Davlat xizmatini ko‘rsatish bosqichlari 

“O‘zaviatsiya” Agentligi saytida www.uzcaa.uz bosqichma-bosqich «asosiy – normativ-huquqiy hujjatlar – 6-blok» “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari”ga (AP O‘zR-142) bosing.Ushbu Nizomda quyidagi bosqichlar belgilangan:

  1. Qoidalarga 1-sonli ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan arizani tasdiqlovchi hujjatlar to‘plami bilan birga qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;

  2. Ariza beruvchiga ariza qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabar berilgan holda arizani dastlabki baholash;

  3. Ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida yozma shaklda xabar berilgan holda ariza va tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish;

  4. Ariza beruvchidan tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlar olish, ular bartaraf etilganligini tekshirish;

  5. O‘quv muassasasining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvini o‘tkazish, tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar ko‘rsatilgan holda hisobotni rasmiylashtirish;

  6. O‘quv muassasasidan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlar olish;

  7. O‘quv muassasasining takroriy tekshiruvini o‘tkazish (zarur hollarda);

  8. Tekshiruv natijalari bo‘yicha Sertifikat berish (bermaslik) to‘g‘risida qarorni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlash.

14. Rad qilish uchun asoslar

Sertifikat berilishini rad qilish uchun asoslar “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik aviatsiyasi aviakorxonalari o‘quv muassasalarini sertifikatlash qoidalari”ga muvofiq belgilangan (AP O‘zR-142).

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 09.06.2020 14:04:13

Chop etiladigan nusxasi