Uljayev Tolib Egamberdievich

“O’ZAVIASIYA” Agentligi direktor

1959 yili 18 aprelda Samarqand shahrida tug’ilgan.
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan transport xodimi.
1979 yili Kirovograd fuqaro aviatsiyasi uchuvchi-shturmanlar bilim yurtini,
1988 yili Lenin ordenli fuqaro aviatsiyasi akademiyasini tugatgan.
1976 – 1979y. Kirovograd fuqaro aviatsiyasi uchuvchi-shturmanlar bilim yurti kursanti.
1979 – 1994y. O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Samarqand birlashgan aviatsiya otryadida An-24, Tu-154 samolyotlar shturmani, uchuvchilar otryadi aviaeskadrilyasi shturmani.
1994 – 1999y. «O’zbekiston xavo yo’llari» Milliy aviakompaniyasini Uchuvchilar majmuasi Uchuvchilar-uslubiy bo’limining shturman-inspektori.
1999 – 2001y. «O’zbekiston xavo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi bosh shturmani.
2001 – 2007y. «O’zbekiston xavo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini bo’yicha inspeksiyasining boshlig’i.
2007 – 2008y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari.
2008 – 2019y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’gi.

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining va Transport vazirligining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Transport vazirligi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash.

Lim Oleg Nikolayevich

“O’ZAVIASIYA” Agentligi direktor o’rinbosari

1960 yili 25mayda Toshkent viloyatining Toytepa shaxrida tug’ilgan.
1980 yili fuqaro aviatsiyasi Kirsanov aviatsiya texnik bilim yurtini, 1987 yili Kiyev fuqaro aviatsiyasi muxandislari institutini tugatgan.
1977-1980y. Fuqaro aviatsiyasi Kirsanov aviatsiya texnik bilim yurti kursanti .
1980-1992y. O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Urganch birlashgan aviaotryadning aviatsiya-texnika bazasida aviatexnik, smena muxandisi, samolyot uchastkasining katta muxandisi, uchastkaning etakchi muxandisi.
1992-1995y. «O’zbekiston xavo yo’llari» Milliy aviakompaniyasining aviatsiya-texnika majmuasidagi vertolyot uchastkasida etakchi muxandis.
1995-1998y. «O’zbekiston xavo yo’llari» Milliy aviakompaniyasining tekshirishlar bo’limida etakchi muxandis-inspektor.
1998-2002y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida aviatsiya xodisalarini tekshirish bo’limining boshlig’i o’rinbosari.
2002-2003y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ro’yxatdan o’tkazish, sertifikatlash va lisenziyalash bo’limi boshlig’i.
2003-2008y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining sertifikatlash, lisenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i.
2008-2019y. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari
2019 yil 1 iyunda  “O’ZAVIASIYA” Agentligi direktor o’rinbosari.

Xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining manfaatini ifodalaydi, boshqa davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari bilan o‘zaro harakat va hamkorlikni ta’minlaydi. Sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasining, Oliy malaka komissiyasining, Markaziy tibbiy-uchuvchilar ekspert komissiyasining faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi. Fuqaro aviatsiyasining sub’yektlari va ob’yektlarida sertifikatlash tekshiruv va inspektorlik nazoratini o‘tkazishdagi komissiyalarning ishida ishtirok etadi.

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 30.03.2020 15:35:17

Chop etiladigan nusxasi