Bo'lim boshliqlari

Nabiev Ravshan Abduxalilovich

Sertifikatlash va parvoz xavfsizligini nazorat qilish boshqarma boshligʼi

Sertifikatlash, parvozni bajarish va ta’minlashni nazorat qilish bo‘limini, aerodromlarni sertifikatlash va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish bo‘limi, va XK texnik ekspluatatsiyasini, ta’mirlash va ishlab chiqarilishini nazorat qilish bo‘limlarini boshqarish boshlig‘i.

Nishanov Rustam Mamunkulovich

Sertifikatlash va parvozni amalga oshirishni nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i

XK ekspluatanlarini (aviakompaniyalar) va aviatsiya yo’nalishidagi o’quv markazlar va aviatashkilotlar faoliyatlarini nazorat qilish va sertifikatlash. Fuqaro va eksperimental XK parvozni ta’minlash va bajarish qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish.

Umarov Ulugʼxoʼja Xalxodjayevich

Аeronavigatsiya, havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish va parvozlarni amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnomalar berish boʼlim boshligʼi

Oʼzbekiston Respublikasi havo boʼshligʼidan foydalanish va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish va parvozlarni amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnomalar berish. Parvozlarni meteorologik, radiotexnik, elektroyorigʼlik texnikaviy, elektr tarmoq va parvozlarning qidiruv.

Xalitov Shavkat Ravil'evich

Aviatsiya xodimlariga guvohnomalarni berish va muddatini uzaytirish bo‘lim boshlig‘i

Aviaxodimlarga guvoxnoma berish va muddatini uzaytirish (uchuvchi, dispetcher va injener-texnik tarkibi). Aviaxodimlarni kategoriya va malaka sinfini ko’tarish (pasaytirish), tasdiqlash va o’zlashtirish. O’zga davlatlar aviatsiya mutaxassislarini guvoxnomalarini e’tirof qilish.

Nigmatova Surayo Ibragimovna

Aviatsiya tibbiyoti bo‘limi boshlig‘i

ATBning asosi vazifalari: parvozlarni tibbiy havfsizligini ta'minlash va parvozlarni tibbiy ta'minlanishini nazorat qilish; halqaro FA Konvenciyasi (1944y. Chikago konvenciyasi) va uning ilovalari asosida fuqaro va eksperimental aviaciyasida tibbiyot aviaciyasiga oid normativ-huquqi hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish; Markaziy tibbiy-uchish ekspert komissiyasini (MTUEK) ni va uni faoliyatini tashkil  etish; O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviaciyasi aviakorhonalarida TUEK tayinlash ishlarini tashkil etish va ta"minlash va TUEK faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish; O‘R FA tibbiy hulosa olishga nomzodlarni tibbiy korikdan o‘tkazish.

Baymurzaeva Nargiza Baxtiyarovna

Tashqi aloqalar va xorijiy ekspluatantlarga ekspluatatsion ruxsatnoma berish boʼlim boshligʼi

O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aerodromlarida muntazam va bir martalik parvozlarni bajaruvchi horijiy aviakompaniyalarning havo kemalari ishga tushishida nazoratni tashkillashtiradi va amalga oshiradi.

Xusanov Murat Abrorovich

Uchuvchisiz uchish apparatlarini roʼyxatga olish va foydalanishini nazorat qilish boʼlim boshligʼi

Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini ro'yxatga olish.
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish uchun operatorlarga xulosa berish.
UUAlarining texnikaviy foydalanish qo'llanmalari talablariga muvofiqligi va texnik holatini baholash.

Xripunov Dmitriy Igorevich

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʼlim boshligʼi

Inspektsiya tizimida davlat axborotlashtirish siyosatini shakllantirish, elektron hujjat almashuv tizimi, kompyuter texnikasidan foydalanish darajasini oshirish, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish, axborotlarni yigʼish, u bilan ishlash va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish yuzasidan kompleks dasturlarni amalga oshirish.

Tadjibayev Alisher Gulamnazirovich

Aviatsiya xavfsizligi bo‘lim boshligʼi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi ekspluatantlari, aeroportlari va aviatsiya korxonalari, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun va normativ aktlariga rioya etilishini nazorat qilish.

Salaxitdinov Rustam Zaynabidinovich

XK ishlab chiqarish, taʼmirlash va texnik ekspluatasiyasini nazorat qilish boʼlim boshligʼi

Fuqaro XK taʼmirlash va texnik ekspluatatsiyasi qoidalariga, fuqaro aviatsiya texnikasini ishlab chiqarish qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish. Aviatsiya texnikasiga xizmat koʼrsatish tashkilotlarni sertifikatlash. Fuqaro havo kemalarini Davlat roʼyxatidan oʼtkazish. Fuqaro XK nusxasidagi uchishga yaroqliylik boʼyicha sertifikat berish. Fuqaro XK shovqinlik boʼyicha sertifikat berish. Fuqaro XK radiouskunalar boʼyicha sertifikat berish.

Nigmatullayev Islom Nusratilla o’g’li

Aerodromlarni sertifikatlash va aerodromlar atrofida obyektlarni joylashtirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘lim boshlig‘i

Oʼzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarida sertifikatlashni tashkillashtirish va taʼminlash. Aerodrom va ornitologik parvozlarni taʼminlash ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Xavfsizlikka olib kelishi mumkin boʼlgan xarakatlar ustidan nazoratni amalga oshirish. Aerodrom xududidagi toʼsiqlarni joylashtirish uchun ruxsat berish va nazoratga olish.

Niyazov Avas Giyazovich

Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv va yong‘in xavfsizligi ta’minoti nazorati bo‘limi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi havo kemalari va aerodromlar ekspluatantlari (egalari), aviakorxonalar, hamda aviatsiya o‘quv muassasalarining  parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv va yong‘in xavfsizligi ta’minoti talablarini ta’minlashlarini tekshirish va nazorat qilish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20.04.2020 10:19:24

Chop etiladigan nusxasi