Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikatni berish

1. Xizmat nomi

Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berish

2. Хizmat natijasi

Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berish

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da (O‘zR AQ-47) o‘rnatilgan.

3. Xizmat uchun blank (shakl)

Shaklni yuklab olish

4. Huquqiy asoslar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” (O’zR AQ-47).

5. Xizmatdan foydalanuvchilar

Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini olish uchun ariza bilam murojat qilgan fuqaro havo kemasining ekspluatanti (egasi) bo‘lishi mumkin.

6. Ijro muddati

“Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”ga muvofiq arizani ko‘rib chiqish muddati 10 (o‘n) ish kun ichida o‘rnatilgan.

7. Ma’lumotlarning tarkibi va hajmi

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni murojaat qilgan har qanday shaxsga taqdim etish, shu jumladan “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz zarur bo‘lgan hujjatlarni yuklab olish imkoniyati bilan.

8. Ma’lumotlarni keng taqdim etish

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi “O‘zaviatsiya” agentlikning rasmiy veb-saytidan www.uzcaa.uz amalga oshiriladi.

9. So’rovga asosan beriladigan ma’lumotlar

  • Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlarni og’zaki ravishda 9-00 dan 18-00 gacha taqdim etishi: 78-120-00-62 yoki 78-120-00-63 sonli telefon raqamlari orqali;
  • Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz 71-254-14-82 sonli faks raqami orqali qabul qilish, yozma ravishdagi so’rovnomalarni 9-00 dan 18-00 gacha “O‘zaviatsiya” agentlikning devonxonasi orqali qabul qilish va berish;
  • Yozma ravishdagi so’rovnomalarni kecha-kunduz qabul qilish: caa@uzcaa.uz yoki technique@uzcaa.uz elektron pochtasi orqali.

10. Islatiladigan xujjatlar blankalari (shakllari)

Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikati va arizaning blankalari “Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da belgilangan.

11. Zarur bo‘lgan xujjatlar

  1. “Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 3-ilovasiga muvofiq Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berish yoki qayta rasmiylashtirish yoki uning dublikatni berish to‘g‘risida Ariza;
  2. modifikatsiyalangan havo kemasi uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, Shovqin darajasi me’yorlariga ta’sir qiluvchi tegishli konstruktiv o‘zgartirishlar havo kemasida bajarilgan bo‘lsa.

12. Pullik xizmatlar

Xizmat bepul

13. Davlat xizmati ko‘rsatish bosqichlari

“Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha Sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”da qoyidagi bosqichlar belgilangan:

  • arizani qabul qilish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • arizani va ilova qilinadigan hujjatlarni ko‘rib chiqish;
  • arizachidan aniqlangan kamchiliklarning bartaraf qilganligi to‘grisida xujjatlarni qabul qilish;
  • fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berishni yoki berishni rad etish.

14. Rad etish asoslari

Fuqaro havo kemasiga shovqinlar bo‘yicha sertifikatini berishni rad etilish asoslari quyidagi holatlarda bo‘lishi mumkin:

  1. agar arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar Nizom talablariga javob bermasa yoki noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoki zarur bo‘lgan xujjatlarning butun to‘plami arizaga ilova qilinmagan bo‘lsa;
  2. agar Arizachi ruxsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq bo‘lmasa.

Xizmatni onlayn olish

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 29.05.2020 15:45:29

Chop etiladigan nusxasi