Tadbirkorlar bilan uchrashuv
oriy yilning “20 avgust – Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan 26 iyul' kuni “O‘zaviasiya” agentligida fuqaro aviasiyasi tashkilotlari rahbarlari va xodimlari bilan davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatining kun tartibi qo‘yidagi asosiy masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi:
1. Fuqaro aviasiyasi sohasidagi muammolar va sohadagi korxona va tashkilotlarning taklif – istaklarini aniqlash.
2. Fuqaro aviasiyasi sohasidagi xizmatlarni va infratuzilmasini yaxshilash masalasini muhokama qilish.
3. Fuqaro aviasiyasi sohasidagi xususiy sektorni keng jalb etish uchun sharoit yaratish masalasini muhokama qilish.
Davra suhbatini “O‘zaviasiya” agentligi direktori T.Nazarov ochib berdi. O‘z nutqida 2021 yilda ilk marotaba Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirokida katta tadbir bo‘lib o‘tkanini, ya'ni O‘zbekiston tarixida ilk marotaba tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkillashtirilganini eslatib o‘tdi.
Tadbirning e'tiborli jihati shunda ediki, uchrashuv formati davlat tomonidan taklif etilgan bo‘lsada, uning mazmunini butun O‘zbekiston tadbirkorlari belgilab bergani - ulardan jami 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushkanligi takidlandi.
Davra suhbatida Fuqaro aviasiyasi tashkilotlarining rahbarlari va ma'sul vakillari so‘zga chiqdilar. Fuqaro aviasiyasi tizimidagi muammoli savollarga alohida etibor berildi. Asosiy savollar transport xizmatlari va infrotuzilmasi sifatini oshirish hamda fuqaro aviasiyasi sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish yo‘nalishida bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar. “O‘zaviasiya” agentligi mutaxassislari tomonidan yangi aviakompaniya vakillariga qo‘shimcha tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
Samimiy va do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida “O‘zaviasiya” agentligi amaliy yordam berish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda korxonalarga tashriflar tashkil etilishini ma'lum qildi.