O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini 2022 yilda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha natijalar yakunlandi

2023 yil 27 yanvarda “O‘zaviatsiya” agentligida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining tibbiy-uchish ekspert komissiyalari tomonidan aviatsiya xodimlarini 2022 yil uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik rahbarlari va mutaxassislari, tibbiy-uchish ekspert komissiyasi mutaxassislari, aviatsiya shifokorlari, fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalari va “O‘zaeronavigatsiya” markazining vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari va mazkur davrda parvozlar xavfsizligini tibbiy taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar yakunlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, parvozlar xavfsizligini tibbiy taʼminlash yo‘nalishini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, aviatsiya tibbiyoti bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish, aviatsiya xodimlarining salomatligi va ko‘p yillar davomida kasbiy faoliyatini saqlab qolishga qaratilgan sog‘lomlashtirish va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida 2023 yil uchun aviatsiya tibbiyoti sohasida yaqin kelajakda amalga oshirish zarur bo‘lgan muhim maqsadlar belgilab olindi.