Bahorning yangilanish bayrami!

Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uygʼonib, goʼzal diyorimizga barchamiz orziqib, sogʼinib kutgan Navroʼzi olam kirib kelmoqda. Аyniqsa, tinchlik va sogʼliqni ulugʼlaydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navroʼzning bu yilgi qadri oʼzgacha.

Sizlarni “Oʼzaviatsiya” agentligi nomidan yangilanish va yosharish bayrami boʼlmish Navroʼz ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yoʼlida amalga oshiralayotgan ezgu ishlarimizga omad yor boʼlsin! Ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod, osmonimiz musaffo boʼlsin aziz doʼstlar!