Qozogʻistoning “QAZAQ AIR” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish ruxsatnomasini oldi

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024-yil 13-martda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “QAZAQ AIR” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Turkiston - Samarqand – Turkiston yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi. 

Parvozlar DHC-8-402 havo kemasida amalga oshiriladi.