“ZOMIN” aerodromida qayta tiklash ishlar jarayonlarini o‘rganish
2024 yil 12 iyun kuni, “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov “Zomin” aeroportiga tashrif qildi. Tashrif davomida aeroportning qayta tiklash ishlarining jarayonlarini o‘rganish ishlari olib borildi.
Aerodromga tashrif davomida uchish-qonish yo‘lagi, perron va xarakatlanish yo‘laklarining asfalt qoplamasini yotqizish ishlari o‘rganildi, shu bilan birga olib borilayotgan ishlarni parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiqligi masalalari ko‘rib chiqldi.
Aerodromning qayta tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonini o‘rganish natijalariga asosan aerodromning qayta tiklash ishlarida mazkur aerodromda parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida IKAO tashkiloti tomonidan belgilangan stadartlar va tavsiyalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.