Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi
2022 yil 27 aprel kuni “O‘zaviatsiya” agentligida murojaatlar bilan ishlash holati bo’yicha “O‘zaviatsiya” agentligi direktori raisligida Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan topshiriqlar muhokamasini o‘tkazdi. Rahbar mutaxassislarga murojaatda qo‘yilgan masalani sifatli va o‘z vaqtida hal etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilishda Agentlikka kelib tushgan murojaatlarning 2022 yil I-chorakdagi holati bo‘yicha statistik ma‘lumot o‘qib eshtirildi hamda fuqaro murojaatlarida ko‘pincha uchraydigan dolzarb masalalar tahlili qilindi.
Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan barcha murojaatlar ko‘rib chiqildi va mutaxassislar tomonidan berilgan javoblari tahlil qilindi.
Tahlil natijasiga ko‘ra, murojaatlarning holati qonunchilikda qo‘yilgan talablarga mos keladi va murojaatlar bilan olib borayotgan ishlar qoniqarli deb topildi.