Xalqaro fuqaro aviasiyasi kuni
7 dekabr' butun dunyoda Xalqaro fuqaro aviasiyasi kuni sifatida nishonlanadi. Fuqaro aviasiyasi parvozlarining qulayligi, xavfsizligi va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlovchi dispetcherlar, uchuvchilar, muhandislar va boshqa ko‘plab soha xizmatchilari shu kuni kasb bayramini nishonlaydilar.
1992 yil 12 noyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi tegishli majburiyatlarni zimmasiga olib Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkilotining (IKAO) to‘liq huquqli a'zosi bo‘ldi.
O‘zbekistonning IKAOdagi faol ishtiroki ushbu tashkilotning O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini inobatga olgan holda siyosat olib borilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi xalqaro havo yo‘llarida erkin parvozlarni amalga oshirishda tegishli qarorlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
“O‘zaviasiya” agentligi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi sohasining barcha xodimlarini Xalqaro fuqaro aviasiyasi kuni bilan tabriklaydi!