Savolnomani tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub‘yektlari uchun ma‘muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tekshirish bo‘yicha savolnomalar ishlab chiqildi.
Savolnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil bilan kelishildi, “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlandi va “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy web-saytiga joylashtirildi.