Yoshlarga e‘tibor-kelajakka e‘tibor
Joriy yilning 11 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2022 yil 11 apreldagi 169-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida davlat organlarining yoshlar bilan ishlashga mas’ul xodimlariga bag‘ishlangan o’quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Seminar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilib “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi Yoshlar yetakchilari bilan samarali ishni tashkil etishga bag‘ishlandi.
O’quv-seminarni Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev ochib berdi. Fuqaro aviatsiya agentligidan Yoshlar yetakchisi L.Shorasulova ishtirok etdi.
O’quv-seminar davomida volontyorlik haqidagi barcha ma’lumotlar Volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Sh.Abidova, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘ining o’rinbosari B.Aralbayeva va Yoshlar ishlari markaziy apparati bosh mutaxassisi E.Norpo’latovlar tomonidan berildi.
O’quv-seminar so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikat topshirish marosimi bo’lib o’tdi.