O‘zbekiston va Xitoy aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida xamkorlikning yangi bosqichi
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 17-21 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasi aviatsiya ma’muriyati mezbonlik qilgan xalqaro tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ikki davlat aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida tegishli hujjat imzolandi. Xujjatga asosan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan aviakompaniyalar soni har bir tomondan 3 tadan 6 taga oshirildi hamda tayinlangan aviakompaniyalarga ikki davlat o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomondan haftasiga amaldagi 15 tadan yangi kelishuv bo‘yicha 50 taga oshirish, ya’ni ikki mamlakat o‘rtasidagi haftalik muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlari soni jami 100 taga yetkazish huquqi berildi.