O‘zbekiston hududiy aeroportlarida parvozlar xavfsizligi holatini o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini bajarish hamda Fuqaro aviatsiyasi obyektlaridagi haqiqiy vaziyatni o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari, Nukus xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
Aeroportning parvozlar xavfsizligini ta’minlaydigan obyektlariga tashrif buyurish davomida aerodrom, meteorologiya, aeronavigatsiya, radiotexnika va yorug‘lik signallarini ta’minlash, havo harakatini boshqarish, qidirish va qutqarish, shuningdek aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha ishlarning holati o‘rganildi.
Shuningdek aeroport xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o'tdi, unda xodimlarining muammoli va shaxsiy masalalari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi
PF-158-son farmonini amalga oshirish bo‘yicha fuqaro aviatsiyasiga oid “O‘zbekiston-2030” strategiyasi masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aeroportning boshqaruv tarkibi ishtirokida brifing o‘tkazildi, unda aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.