O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi qarori
2020 yil 23 mayda 324-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.
Nizom O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga O'zbekiston Respublikasining fuqaro aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibini belgilaydi.
Nizom “O’zaviatsia” Agentligining www.uzcaa.uz saytida "Normativ hujjatlar", "Хorijiy ekspluatantlar uchun hujjatlar" bo’limida joylashtiriladi.