O‘zbekiston Respublikasi YaAQQX tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning seminar-yig‘ilishi
2024-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YaAQQX) tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning “O‘zaviatsiya” agentligi binosida seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda “Yagona elektron xartia”ning joriy etilishi masalasi muhokama qilindi. Ushbu “Yagona elektron xarita” Mudofaa vazirligi va “Oʻzaviatsiya” agentligi mutaxassislari tomonidan bir necha yillar davomida barcha ishtirokchilar tomonidan halokatga uchrayotgan yoki halokatga uchragan havo kemalarini qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishda (havodan va yerdan qidiruv) foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.
“Yagona elektron xarita”ning O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy etilishi va qo‘llanilishi, barcha seminar-yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha ham takliflar berildi.