“Uzbekistan airways”AJning xizmatlar ko‘rsatish Departamentidagi parvozlar xavfsizligi holati

24-25 sentyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov “Uzbekistan airways”AJning xizmatlar ko‘rsatish Departamentiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida parvozlar xavfsizligi taʼminlanishi masalalari o‘rganildi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Departament xodimlari bilan uchrashuv davomida ekipajlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ish vaqti, parvoz hujjatlarini tan olish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tashkilotda parvozlar xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish yakunida parvozlar xavfsizligi darjasini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.