“Uzbekistan Airways Technics” MCHJda havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish
Havo kemalariga o‘rnatilgan tartibda xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarilishini monitoring qilish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari O. Lim tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” MCHJda havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish holati joyiga chiqqib o‘rganildi.
Tashrif doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” MCHJda havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlar qay darajada tashkillashtirilganligi ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ xodimlari bilan ochiq muloqot shaklida shahsiy qabul tashkil etildi, unda “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ va Respublikamizning fuqoro aviatsiyasida rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Yakuniy brifingda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etishga qaratilgan tegishli ko‘rsatmalar va takliflar berildi. Shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha barcha talablar va fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning qat'iy bajarilishi muhimligiga e'tibor qaratildi.