“Uzbekistan Airways” AJda parvozlar xavsizligini holatini o‘rganish

Sohada parvozlar xavfsizligi amaldagi xolatini o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan “Uzbekistan Airways”AJda parvozlar xavfsizligi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Uzbekistan Airways”AJda kadrlarni tayyorlash, uchuvchi xodimlarning tibbiy taʼminoti masalalari, hamda shahsiy qabul o‘tkazild.

O‘tkazilgan o‘rganish yakunida aviakompaniyada parvozlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan aktual savollar muhokamasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.