«O‘zaviatsiya» agentligi vakillari «Asia Connect: Aviation Strategy» konferensiyasida ishtirok etdilar

2023 yil 13-14 iyun kunlari, Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoda havo transportini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Asia Connect: Aviation Strategy” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro konferensiyani “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Nazarov Toxir Alimjanovich ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini rivojlantirishda fuqaro aviatsiyasining muhim o‘rni haqida ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda, O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi vakillari va Airbus, Embraer, ATR kabi yirik xorijiy kompaniyalar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga parvozlarni amalga oshirayotgan va parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan aviakompaniyalar mutaxassislari ishtirok etdilar.