“O‘zaviatsiya” agentligi delegatsiyasi IKAO auditorlari guruhi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
IKAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya IKAOning Bosh qarorgohida 2023-yil O‘zbekistonda parvozlar xafsizligi nazorati holati bo‘yicha o‘tkazilgan IKAO audit guruhi rahbari Frederik Prele bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ishlab chiqilgani, uning ijrosi IKAO bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshirilayotgani va IKAO tomonidan doimiy monitoring olib borilishi atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, 2026-yilga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI” bandlari batafsil muhokama etildi va Audit guruhi rahbari tomonidan amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda IKAO tomonidan rejalashtirilgan kelgusi auditga tayyorgarlik kshrish jarayonida alohida etibor beriladigan yo‘nalishlar muhokamasi o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar “YO‘L XARITASI” bandlari bajarilishini yanada jadallashtirishga kelishib olishti.