Hurmatli yo‘lovchilar!!!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, Aviakompaniyalarning mavjud bo‘lmagan reysi uchun aviachiptalarni sotish holatlari uchramoqda. Xususan, Yamal aviakompaniyasining joriy yilning 27 aprel sanasiga Qarshi aeroportidan parvoz uchun aviachiptalar sotilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu o‘rinda yo‘lovchilarga onlayn tarzda yokida aviakassalar orqali aviachiptalarni sotib olishdan oldin "O‘zaviatsiya" agentligi veb-saytining bosh sahifasidagi "Axborot jadvali" bo‘limida (www.uzcaa.uz) ushbu parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovnoma holati va ruxsatnomaning mavjudligi bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Yo‘lovchilarning huquqlari va tashuvchining majburiyatlariga rioya qilish maqsadida aviachiptalarni sotish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarni, xususiy aviakassalar va sayyohlik firmalarini ushbu talablarga rioya qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy mehmonlarga xamda vatandoshlarga noqulaylik tug‘dirmaslikga chaqiramiz.