Huquqiy targʼibot
2021 yil 28 may kuni "O‘zaviatsiya" agentligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi 250-sonli "Moddiy yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar, ayollar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatini va qabul qilinayotgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni xodimlarga yetkazishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdilar. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari to‘plami (annotatsiya, slayd, infografika, videorolik) namoyish etildi.