Turkiyaning “AJet” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida, 2024-yil 21-fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “AJet” aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.