Toshkentda aerodromlarda xavfsizlik sohasida IKAO xalqaro seminari o'tkazildi
19 iyun kuni IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi va Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan aeroport xavfsizligi bo‘yicha xalqaro seminar yakunlandi.
Uch kunlik seminar davomida xalqaro ekspertlar ushbu sohadagi davlatlarda mavjud bo‘lgan dolzarb va muammoli masalalar, hamda ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Shuningdek, "Airbus" kompaniyasi va "Istanbul" aeroporti vakillari o‘zlarining aeroportlarni boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashni joriy etish masalalari bo‘yicha taqdimotlari bilan seminarga yakun yasashdi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga tantanali ravishda sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.