“Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istambul Buxoro yo‘nalishida ilk muntazam aviaqatnovini amalga oshirdi

2022 yil 7 iyun kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov “Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istambul-Buxoro-Istambul yo‘nalishida ilk muntazam parvozini kutib olish marosimida ishtirok etdi.
“Turkish Airlines” aviakompaniyasi 2006 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. 2022 yil 27 aprelda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ushbu aviakompaniyaga Buxoro aeroportiga muntazam aviatsatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma berilgan. Aviakompaniya mamlakatimizning oltita aeroportiga haftasiga 30 dan ortiq muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.