Samarqand xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holati

2024 yil 11-12 sentyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov Samarqand xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil qilindi hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Samarqand xalqaro aeroportining xodimlari bilan uchrashuvda parvozlar xavfsizligini oshirish, kadrlar tayyorlash, jumladan, ornitologik taʼminot, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida parvozlar xavfsizligi bo‘yicha inspektorlar sifatida malakali mutaxassislarni tayinlash kabi muhim muammolar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.