Sayyor qabul
27-28 may kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov Andijon xalqaro aeroportiga tashrif buyurdilar. Adijon aeroportiga tashrif davomida aerodromning qayta tiklash ishlarini amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishildi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Andijon xalqaro aeroportining xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida parvozlar xavfsizligini oshirish, aeroportning infratuzilmansini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonida yaxshilash bo‘yicha takliflari, hamda mutaxassis kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Aerodromning qayta tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonini o‘rganish natijalariga asosan aerodromning qayta tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonlari muddatlariga rioya qilish, meteorologik taʼminot va parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.