Sayyor qabul
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov tomonidan 13 may kuni Namangan xalqaro aeroportida fuqarolarni sayyor qabuli o‘tkazildi.
Namangan xaqaro aeroportining xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida parvozlar xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishidagi aeroportning muammoli savollari, kelajakdagi rivojlantirish va yo‘lovchilar oqimini oshirish, hamda xodimlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi. Kelib tushgan savollarga tushuntirishlar va to‘liq javoblar berildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishida zarur chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga qaror qabul qilindi.