“Qanot Sharq” MChJda parvozlar xavfsizligi holatini o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini monitoring qilish hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agetligi direktori T.Nazarov “Qanot Sharq” MCHJda parvozlar xavfsizligi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazdi.
“O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan aviakompaniyada parvozlarni tashkil etish, havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish, hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar tashkillashtirilganligi holati o‘rganib chiqildi. Tashrif davomida aviakompaniya xodimlarining shahsiy qabuli tashkil etildi.
Yakuniy brifingda parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi standartlariga rioya etish va ularni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar va takliflar berildi.