“Qarshi” aerodromi sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi
"Karshi xalkaro aeroporti" MChJ arizasiga muvofik, "O‘zaviasiya" agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviasiya aerodromlarini sertifikatlash qoidalari” (O‘zR AQ-160) talablari asosida “Qarshi” aerodromida sertifikat tekshiruvi o‘tqazildi. 2021 yil 13-15 oktyabrya kunlari o‘tqazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, “Karshi” aerodromi sertifikatining amal qilish muddati 2023 yil 21 oktyabrgacha uzaytirildi.
Bugungi kunda “Qarshi” aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagi "O‘zaviasiya" agentligi tomonidan berilgan sertifikat talablariga javob beradi va og‘irligi 180 tonnagacha bo‘lgan havo kemalarini qabul qila oladi.