“Panorama Airways” MCHJda parvozlar xavfsizligi holatini o‘rganish

Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini monitoring qilish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining direktor o‘rinbosari O. Lim tomonidan “Panorama Airways” MCHJning vakillari bilan joyiga chiqqan holda uchrashuv o‘tkazildi.

Tashrif doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari tomonidan aviakompaniyada parvozlarni tashkil etish, havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish va kadrlar tayyorlash faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, aviakompaniya xodimlarini shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Yakuniy brifingda parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi standartlariga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar va takliflar berildi. Aviakompaniya faoliyati samaradorligini oshirish va uni yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniya sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.