“O‘zaviatsiya” agentligi vakillari ATS yo‘nalishlar tarmog‘ini ishlab chiqish yig‘ilishida ishtirok etishmoqda
“O‘zaviatsiya” agentligi vakillari joriy yilning 5-7 sentyabr kunlari Ostona shahrida bo'lib o‘tadigan ICAO - Route Development Group – East Special Coordination Meeting (RDGE-SCM) Yevropa mintaqasining Sharqiy qismi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi mintaqalararo muvofiqlashtirish yig‘ilishida ishtirok etishmoqda.
Ushbu tadbir ICAOning Yevropa mintaqasi Sharqiy qismida, shu jumladan Markaziy Osiyo va Kavkazda havodagi harakatni boshqarish parvoz yo‘nalishlarini hamda tarmog‘ini rejalashtirish va rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Shuningdek ishchi guruhining navbatdagi mintaqalararo muvofiqlashtirish yig‘ilishida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Eron, Qirg‘iziston, Mo‘g‘iliston, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Tojikiston kabi 15 davlat vakillari, shuningdek, IATA, ICAO, Jeppesen xalqaro tashkilotlari hamda KLM, Air France, Lufthansa, Finnair, Delta Airline aviakompaniyalari vakillari qatnashmoqda.