Nikolas Ralloning «O‘zaviasiya» agentligidagi uchrashuvi
IKAO Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktori Nikolas Ralloning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi yakunida «O‘zaviasiya» agentligi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan auditga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Nikolas Rallo tomonidan IKAO bayonnoma savollari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar va maslahatlar berildi. «O‘zaviasiya» agentligi mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Uchrashuv samimiy va do‘stona muloqot ruhida o‘tdi.